• Eltuz©2016
Catira
19 december 2025

Vaqt mashinasi: 19 dekabr – Toshkentda korruptsiyani ifodalovchi qo‘l haykali o‘rnatildi

2023 yil 19 dekabr kuni Toshkentda korruptsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi qo‘l ko‘rinishidagi instalyatsiya monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.

«Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu o‘n ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korruptsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi» deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, marosimdan bir necha kun avval Qatar amiri 2016 yili o‘zi ta'sis etgan Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro mukofot bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni taqdirlagan edi.

Toshkentda o‘rnatilgan monument esa original asar bo‘lmay balki Qatar amiri ta'sis etgan mukofot – «ochiq kaft»ning ayni kattalashtirilgan nusxasidir.

Ayni mukofot ta'sis etilgan 2016 yili Elsevar taxallusi bilan Eltuz nashri uchun karikaturalar chizib bergan rassom Muzaffar Muzaffar (Turobov) O‘zbekistondagi korruptsiyani cho‘zilgan har tarafdan cho‘zilgan ochiq kaftlar tarzida aks ettirgan edi.

Tag‘in o‘qing
21 april 2021
Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning «Imperativ» kitobi «Eltuz» muxlislariga muallifning o‘zi o‘qigan audiokitob tarzida yaxshi tanish. Bugun «Eltuz» taniqli ...
24 june 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Hafta ichida butun  taraqqiyparvar dunë Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib o‘z ...
2 november 2023
Rassom Tuz
17 august 2016
Rassom: Tuz Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...