Catira
21 december 2025

Firibgarning ahloqi tuzaladimi?

Ctiven aka Spilbergning eski bir kinosida o‘spirin bosh qahramon butun dunyoni aldab, ashincha sarguzasht va pulga ega bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi aprs Usmonov Shohruhbek shu kinoni ko‘rganmi, yo‘qmi – noma'lum. Lekin uning jinoyat sarguzashti o‘sha syujetni eslatadi. 

1999 yilda tug‘ilgan Usmonov Shohruhbek “Genius school Termiz” o‘quv markazining ish yurituvchisi. U bir qiz bilan sevishib, zavollini aldab Termiz prokuraturasi xodimi ekanligiga ishontirgan. 

Qiz esa aprs yigitiga Iphone 16 pro max telefonini olib bergan. To‘lov qarz evaziga, kredit qizning zimmasida. Yigit telefonni olishi bilan g‘oyib bo‘lgan.

Navbatdagi jinoyatlar o‘quv markazida sodir bo‘ldi. Usmonov Shohruhbek tanish-bilishlariga o‘zini o‘quv markazi direktoriman deb tanishtirib yurdi. Shu kimsalardan biriga o‘quv markazdagi interaktiv elektron doskani 24 millionga sotib yubordi. 

Keyin esa maydalashib o‘tiramanmi deya o‘quv markazdagi qo‘lga ilinadigan barcha jihoz va texnikalarni ko‘tarasiga bir mijozga sotib yubordi. Jami 10 dona konditsioner, 1 dona elektron doska, 1 ta komyuter va 4 televizor 97 million so‘mga narxlangan. 

Aprs shu orada o‘quv markazi joylashgan binoni o‘ziniki deb, uchinchi qavatga ijarachi mijoz topib 7 millon ijara pulini olishga ham ulgurdi.

Angor tuman sudi yosh va umidli jinoyatchi Usmonov Shohruhga 1 yil 4 oy 24 kun davomida axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

Tag‘in o‘qing
22 february 2022
Xorazmlik fermerlarning klaster bilan shartnoma imzolashdan bosh tortib, o‘zlari kooperatsiya tashkil etib ishlash sa'y-harakatlari mahalliy hokimiyat vakillarining kuchli qarshiligiga ...
8 january 2026
20 mingga yaqin  noqonuniy yo‘llar bilan umraga yuborib anjanchasiga kiydirgan 13 aprs din tujjori qamag‘da. 42 yashar anjanlik xotin  ...
13 may 2023
Turkiyaning Yalova (Yalova) shahar savdo-tijorat va sanoat palatasi o‘zbek shoiri va siësatchisi Muhammad Solihni «turk dunësini birlashtirish uchun qo‘shgan ...
24 january 2023
Avtobus O‘zbekistonning qing‘ir-qiyshiq yo‘llari bo‘ylab yurishda davom etadi. Yo‘lda unga qamoqdan yangi ozod etilgan yovuz mahbus, anomal sovuq va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...