Catira
24 december 2025

Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi yil morooo bo‘lsin!

O‘zbekistonda hech qaysi tizim sog‘liqni saqlash tizimichalik korruptsiya botqog‘iga botmagan. Kelgan bemordan ham, o‘lgan bemordan ham soqqa qilish  – “o‘zbek tibbiyoti”ning qon-qoniga, tizim-tizimiga singib ketgan illat.

Bugungi “saxovatpesha”lar ham tarqatgan ehsonini Markaziy Onkologiya shifokorlari ko‘rmasin, bilmasin, eshitmasin. Bilsa — faqat Tangri taolo bilsin va bemor bilsin, savobi oxiratga kaforat bo‘lsin, deya juma namozlarida iltijo qilinmoqda. Chunki ehson puli tarqatilgani haqida markaziy medsestra yoki sanitarka bo‘lim boshlig‘iga mujda bersa, kasalning holiga kasalligi yig‘laydi.

Bu kabi holatlar respublikaning istalgan tibbiyot muassasasida uchraydi. Chunki tib-maorifni soqqa bilan xatm qilgan talabaning kelajagi shul erur. Hatto bu yurtning oqili ham, odili ham, otasi ham, onasi ham, ko‘pni ko‘rgan kayvonisi ham, to‘rt xotin olgan qorisiyam bolasiga: “Olginu, oldirmagin”, deya fotiha beradi.

Mana, yangi yil bayrami ham yaqin. Shu munosabat bilan barcha tibbiyot maskanlari va markazlarida “tepaga” sovg‘a berish, glavrachni rozi qilish, zamglavrachning ko‘nglini olish kabi sovetdan qolgan soqqa otish tizimi obi-hayotdek oqib ketyapti.

Xo‘sh, tepaga yoki glavrachga sovg‘a berishdan maqsad ne?

Pul yig‘ishdan maqsad – shu joyida umrining oxirigacha ishlab qolish. Ayniqsa, glavrachlar: “O‘ligim ham shu ish joyimdan chiqsin”, deya sog‘liqni saqlash vazirligiga pul va turli hadyalar berib, “tepani” sovg‘a va pulga ko‘mib, vazirning etti avlodi, bolabaqrasini boqish bilan ovora.

Stavka esa eng quyi qatlam – sanitarkalardan 100 mingdan, hamshiralardan 200 mingdan boshlanib, tepaga qarab ko‘tarilib boradi. Pul yig‘magan miskin ham, pul bermagan tibbiyot xodimi ham yo‘q bu o‘lkada.

Roviylarning mujdasiga ko‘ra, vazirning hatto hojatxonasi ham oltindan bo‘lib ketgan emish. Ba'zi bilgichlar esa vazirning bolasi chet el fuqaroligini olib, yashash joyini ham chetga ko‘chirgan, deydi. Ayrim glavrachlar esa amal kursisida ikki yil o‘tirib-o‘tirmay, daңg‘illama hovli va qo‘shimcha biznesni boshlab yuborgan emish.

Bir haydalib, yana yangi lavozimga tiklangan arbob aytganidek: “Lubaya biznes – xarasha!”

“Uyda yolg‘iz” filmidagi bir gap o‘zbek mardumi orasida yildan yilga ko‘chib sayqallanib keladi:

“Bayraming muborak vazir, kelayotgan yangi yil bilan!”

Tag‘in o‘qing
26 january 2022
Xolli qabristonni o‘ychan qiëfada tark etdi. Bir chekim nosni til tagiga tashlab, o‘yga cho‘mgan xolda, shahar bo‘ylab moshinani boshqarib ...
11 december 2017
5 dekabrda Amnesty International inson huquqlari tashkiloti huquq himoyachilarining o‘limi va ularning o‘ldirilishi holatlari ko‘payishi tendentsiyasi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobotini ...
28 october 2025
O‘g‘uz va Gulnor bir-biriga qaradi. O‘g‘uz Gulnorning ko‘zlarida hech qachon ko‘rmagan bir porlashni ko‘rdi. Ismoillidagi rasmiy ziyoratdan so‘ng, o‘rmonda ...
27 september 2016
«San'atimiz qiroli Sherali Jo‘raev, O‘zbekiston Xalq artisti Yulduzxonim Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, do‘stimiz Obidjon Asomovlar yana katta sahnalarimizga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...