Catira
27 december 2025

Davlat teatrlari xodimlariga 13 maosh beriladimi?

O‘zbekistonda yil yakunida davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga 13-oylik ish haqi to‘lanishi amaliyoti mavjud. Bu xodimlarni moddiy rag‘batlantirishning muhim vositalaridan biri bo‘lib, mehnat samaradorligini oshirishda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, o‘zbek milliy urf-odatlari, ma'naviyati va milliy mafkurasini keng targ‘ib etuvchi teatr san'atiga amalda yetarlicha e'tibor qaratilmayotgani haqida murojaat kelib tushdi. Murojaatda ta'kidlanishicha, respublikada hozirda 41 ta davlat teatri faoliyat yuritadi. Biroq tizimda ishlovchi ijodkorlar va xodimlarning moddiy ahvoli qoniqarli emas.

Murojaat muallifi Madaniyat vazirligi tomonidan teatrlarga moddiy yordam deyarli berilmayotgani, asosiy e'tibor estrada va musiqa yo‘nalishiga qaratilayotganini bildirgan. Unga ko‘ra, hech bo‘lmaganda yilda bir marotaba teatr jamoalariga moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishi, jumladan, 13-oylik ish haqi to‘lanishi teatr xodimlari uchun katta rag‘bat bo‘lar edi.

Shuningdek, murojaatda teatr san'atining jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni alohida qayd etilgan. “Xalq ongi va tafakkurini oshirishga xizmat qiluvchi teatr ijodkorlari nega e'tibordan chetda qolmoqda?” degan savol qo‘yilgan. Muallif jadidlar asos solgan teatrni “ibratxona” sifatida tiklash, uning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash zarurligini ta'kidlagan.

Murojaat tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilishi va teatr sohasini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga yechim topilishi umid qilinmoqda.

Tag‘in o‘qing
1 january 2026
Chiqindiga botgan tashlandiq bu maydon – Urganch shahridagi markaziy istirohat bog‘lardan biri. Hokimlik bayonotlarida Urganch mamlakatdagi ilk aqlli shahar ...
24 december 2021
O‘zbekistonlik sharqshunos olim, marhum Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova 16 dekabr kuni Toshkent shahri Uchtepa sudiga apellyatsiya shikoyati topshirdi. ...
31 january 2024
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida  fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini Firibgarlik yo‘li ...
15 february 2017
«Jamiyat» gazetasi (10.02) nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining «sirli qirralari» haqida maqola e'lon qildi. Unda yozilishicha, «dunyoda o‘z manfaatini boshqalarnikidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...