Catira
8 january 2026

«Egilgan boshni Tramp kesmaydi!»

Kolumbiya prezidenti Maduroni taqdiri boshiga tushishini istamaydi. Shunga u «aqlli bola» bo‘lib Trampga tel qilib «oka sizzi etganizdi qilaman¸ chizgan chizig‘ingizdan chiqmayman» dedi. Egilgan boshni Tramp ham kesmaydi. Tramp «malades endi kelib  bir piyala choyimdi ichib ket» dedi. Endi Kolumbiya prezidenti hay hay kiyimlardi kiyvolib oq uyga ketyapti. Qo‘yliqdagi emas Vashingtondagi oq uyga. O‘zi aqlli odam o‘zidan zo‘r hali po‘pisa qilmasdan borib zo‘rni  qo‘lini  olib keladi. Mana Sho‘katamgilarga  o‘xshab. Salomni quyuq qilmagan  turkman¸ qirg‘iz va tojiklar AQSh vizasini olganda 15 ming do‘llar garov qo‘yadi. O‘zbeklarga esa undaqa cheklov yo‘q. Nega? Chunki salom alikdi joyiga qo‘yadigan odammiz. Qani shu Tramp dodam sog‘ bo‘sin deb dug‘o qiladiganlar! Oching alni! Uring potyani!!!

Matchon Suqulish

Tag‘in o‘qing
22 january 2018
Rasmda ko‘raëtganingiz «Setra» avtobusi oldida selfiga tushgan Maqsad O‘zbekistonning 52 vatandoshini so‘nggi manzilga eltgan avtobusning tirik qolgan haydovchisi. Bu ...
17 january 2018
O‘tgan yili turli darajadagi hokimlarning zo‘ravonligi, so‘kong‘ichlari, qo‘l ostidagilarga bo‘lgan qo‘pol muomalasiga oid xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi bu haqdagi fikr-mulohazalar ...
6 march 2017
Aleksey Navalniyning ma'lumotlariga ko‘ra, Dmitriy Medvedevga aloqador jamg‘armalar hisobiga “kamida 70 milliard rus rubli hajmidagi mablag‘ va mulk o‘tkazilgan». ...
31 july 2023
Shaxrixonsoyda uch o‘spirin jasadi topildi. 30 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoydan uchta o‘spirin yigit murdasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...