Catira
6 march 2016

Hech kimga bermaymiz seni, Ramzanjo-o-on!

5 mart kuni Groznыy shahridagi «Safiya» tantanalar uyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Ramzan Qodirovga qarab «Xech kimga bermayman…» degan qo‘shig‘ini kuyladi, kontsert arafasida esa Ramzan Qodirov kuni bitgani bois lavozimidan ketmoqchiligini aytgan edi.

Yulduz Usmonova kuylarkan Ramzan qarsak chalib o‘tirdi va qo‘shiq tugagach sahnaga chiqib Yulduzni maqtadi. Keyinchalik, Ramzan instagram sahifasida Yulduz Usmonovani Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston xalqlari artisti leb atadi.

Yulduzning kasofat qo‘shig‘i hokimiyatdan ketish harakatiga tushgan Ramzan Qodirevga keltirmagani kabi, o‘sha kuni boks chempioni Ruslan Chagaevga ham hosiyat keltirmadi.

Bokschi uchun «syurpriz ekani» aytilgan Yulduz o‘sha kuni jang oldidan “Ruslan Chagaevni dastaklash uchun Chechenistonga uchib kelgan» va ringning o‘zida turib Chagaevga bag‘ishlab jonli qo‘shiq kuylagandi. Grozniyda Ruslan Chagaevga bag‘ishlab qo‘shiq kuylaganidan so‘ng esa mashhur bokschi ham mag‘lubiyatga uchradi.

Yulduz Usmonova 2006 yil, Turkmaniston prezidenti oldida qo‘shiq kuylaganidan bir necha kun o‘tib Saparmurod Niyozov olamdan o‘tgan edi.

2014 yilda O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qiziga bag‘ishlab qushiq kuylaganidan keyin Gulnora Karimova ustidan jinoyat ishi ochilib, u uy qamog‘iga olingan edi.

O‘tgan yili, O‘zbekiston prezidentiga bag‘ishlab qo‘shiq aytganidan uch kun o‘tib, Islom Karimovning akasi Ibod Karimov olamdan o‘tgan edi.

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2020
Yo ramazon aytib keldik eshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersin beshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersa beshigingizga, Kim kelib, kim ketmaydi eshigingizga. Aziz ...
23 march 2018
Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmda 21 mart kuni qozoq, turk, eron, o‘zbek, uyg‘ur diasporasi vakillari Navro‘z bayramini nishonlashdi. Navro‘z tadbiriga mezbonlik ...
22 june 2020
Yevropadagi eng nufuzli gazetalardan biri, Tsyurixda chop etiladigan Neue Zürcher Zeitung o‘tgan haftada o‘zbek paxtasi, majburiy mehnat va O‘zbekiston ...
22 november 2022
Joriy yilning 9 noyabr kuni Tokiodagi imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...