Catira
6 march 2016

Hech kimga bermaymiz seni, Ramzanjo-o-on!

5 mart kuni Groznыy shahridagi «Safiya» tantanalar uyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Ramzan Qodirovga qarab «Xech kimga bermayman…» degan qo‘shig‘ini kuyladi, kontsert arafasida esa Ramzan Qodirov kuni bitgani bois lavozimidan ketmoqchiligini aytgan edi.

Yulduz Usmonova kuylarkan Ramzan qarsak chalib o‘tirdi va qo‘shiq tugagach sahnaga chiqib Yulduzni maqtadi. Keyinchalik, Ramzan instagram sahifasida Yulduz Usmonovani Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston xalqlari artisti leb atadi.

Yulduzning kasofat qo‘shig‘i hokimiyatdan ketish harakatiga tushgan Ramzan Qodirevga keltirmagani kabi, o‘sha kuni boks chempioni Ruslan Chagaevga ham hosiyat keltirmadi.

Bokschi uchun «syurpriz ekani» aytilgan Yulduz o‘sha kuni jang oldidan “Ruslan Chagaevni dastaklash uchun Chechenistonga uchib kelgan» va ringning o‘zida turib Chagaevga bag‘ishlab jonli qo‘shiq kuylagandi. Grozniyda Ruslan Chagaevga bag‘ishlab qo‘shiq kuylaganidan so‘ng esa mashhur bokschi ham mag‘lubiyatga uchradi.

Yulduz Usmonova 2006 yil, Turkmaniston prezidenti oldida qo‘shiq kuylaganidan bir necha kun o‘tib Saparmurod Niyozov olamdan o‘tgan edi.

2014 yilda O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qiziga bag‘ishlab qushiq kuylaganidan keyin Gulnora Karimova ustidan jinoyat ishi ochilib, u uy qamog‘iga olingan edi.

O‘tgan yili, O‘zbekiston prezidentiga bag‘ishlab qo‘shiq aytganidan uch kun o‘tib, Islom Karimovning akasi Ibod Karimov olamdan o‘tgan edi.

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 august 2025
Toshkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvchi mansabdor tanishlari orqali ...
21 april 2016
May oyida Mersin mahkamasi 36 yoshli o‘zbek aël Gulchehra Isoqulovaning 3 yashar qizi Tuannani tepkilagani bilan bog‘liq jinoyat ishini ...
26 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
7 october 2025
Eltuz manbaalariga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida keng qamrovli tekshiruvlar boshlangan. Bu jarayon doirasida Ekologiya va atrof muhitni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...