Catira
17 march 2016

Qozoq vazir haykalning emchagini kesmoqchi

Bundan 11 yil oldin Ostonada o‘rnatilgan va Qozog‘istonlik talantli haykaltarosh To‘lepboy Erbo‘latning “Sevishganlar” nomli taxsinga loyiq asari muhofazakor fuqarolar e'tiroziga sabab bo‘lgan edi.

Hatto Ostonaning Sho‘ltoev degan yashovchisi haykalga kuylak kiydirib boshiga ro‘mol o‘rab qo‘ydi.

Bu e'tirozlar ortidan Qozog‘iston badiiy akademiyasi haykalni o‘rganib “Estetika va tasviriy san'atning mukammal namunasi” deya xulosa berdi.

Shunga qaramasdan Qozog‘iston madaniyat va sport vaaziri Arstanbek Muxamediuli yupun kiyingan aël haykalining ortiqcha bo‘rtgan joylarini egovlab, randalash rejalanganini bildirdi.

FB blogeri Aygul Utepova johillar talabiga bo‘ysunish oqibatlari haqida ëzadi: «Qozog‘iston asta sekin fashizm sari og‘moqda. Nurotan partiyasi a'zolari haykalni – san'atkor ijodini ‘randalamoqchi’. Ehtimol, hatto haykaltaroshning o‘zi ham bunga qarshi bo‘lmas».

Xozir AQShda yashaëtgan toshkentlik rassom Sergey Ignatev bu xolatni salbiy qabul qildi:

«Ruhan hasta mulozim insoniyat nima xoxlashini yaxshi bilarmish. Agar uning didiga biron narsa ëqmasa hamma narsani vayron qilishga tayër turibdi.

Ro‘mol kabi arzimas narsadan boshlanadi va pirovardida tarixiy ëdgorliklarni portillatib vayron qilish bilan tugaydi. Eng muximi bu ovsar mulozimning nimani to‘g‘ri va nimani noto‘g‘ri deb bilishida», deb ta'kidlaydi rassom.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 january 2024
Mana bu videotasvirlarda ikki kishi o‘rtasida mushtlashuv boshlanganini ko‘rish mumkin. Ko‘p o‘tmay, orqaga chekinayotgan shaxsga to‘da bo‘lib hujum qiladilar, ...
26 january 2026
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlanmoqda.  ...
11 january 2017
Dunëdagi eng ishi yurishgan fotosuratchilardan biri 73 yashar Attor Abbos Eronda dunëga kelib Parijda dunëga tanildi. U hali sakkiz ...
30 august 2019
Co‘nggi yillarda muzey va galereyalardagi saroy san'atiga muxolif ko‘cha tasviriy san'ati ancha rivoj topdi. Bu san'atni tijoratga aylantirish va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...