Asosiy mavzular
9 january 2017

Muzlatilgan mablag‘ hajmi 985 million dollarga yetdi

2016 yilning iyulida Amsterdam sudi Takilant ofshor kompaniyasining Ucell mobil operatoridagi 135 million AQSh dollariga baholangan 6 foiz ulushini musodara qilishga qaror berdi.

Musodara qilishga asos, bu ulushning Gulnora Karimova tomonidan pora sifatida olinganidir.

Shunday qilib, yevropa mamlakatlarida Gulnora Karimova dohil korruptsiya ishi bo‘yicha muzlatilgan mablag‘ hajmi 985 million AQSh dollariga yetdi.

985 million qaerdan keldi?

Bu uchta xalqaro mobil operatorining O‘zbekistonda biznes qilishga radiochastotalar va litsenziya olishda Gulnora Karimovaning ko‘magi uchun berilgan poraning umumiy hajmidir.

Bu kompaniyalar Gibraltar va Gongkongda Gulnora Karimovaning odamlari nomiga ochilgan ofshor shirkatlari hisobiga pul o‘tkazishgan.

Gibraltardagi Takilant shirkati Gulnora Karimovning shaxsiy yordamchisi bo‘lgan Gayana Avakyan nomiga qayd etilgan.

Korruptsion sxema qanday ishladi?

Mobil operatorlar Karimova nazoratidagi shirkatlarga ramziy summadagi pulni o‘tkazishgan. Bu shirkatlar o‘z navbatida, O‘zbekistonda biznes yuritish huquqini qo‘lga kiritishgan, keyin ayni shirkat aktsiyalarini ofshor firmalari orqali katta miqdordagi pullarga harid qilishgan.

O‘zbekiston telekommunikatsiya sektoridagi korruptsiya ishi haqida bu yerda batafsil o‘qing.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 may 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Matchonboy sen nega qo‘lingga garmon olding. ...
4 may 2020
Avstraliyaning The Daily Telegraph gazetasi “Besh ko‘zli” (Unga AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk britaniya kiradi) razvedka ittifoqi ...
26 january 2022
Xolli qabristonni o‘ychan qiëfada tark etdi. Bir chekim nosni til tagiga tashlab, o‘yga cho‘mgan xolda, shahar bo‘ylab moshinani boshqarib ...
19 september 2018
Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida O‘zbekistonning tashqi savdoaylanmasida import sur'atining o‘sishi eksportnikidan qariyb yetti barobardan ko‘proqni tashkil etdi. Davlat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...