Asosiy mavzular
5 september 2018

Inoyatovlarning Tuladagi parranda fabrikasi 

Rustam Inoyatov oilasi Rossiyaning Tula viloyatida 5,3 mlrd rubllik ($80 mln. dollar) parranda yetishtiruvchi sanoatga egalik qiladi. Ular, shuningdek, o‘sha hududdagi bir qator yirik loyihalar, jumladan, 1,3 mlrd. rubllik ($20 mln) omixta yem kombinatiga ham sarmoya yotqizishgan.

(Ingliz tilidan tarjima. Maqolaning originali bu yerda)

Tulaning «faxriy sarmoyadorlari»

Volovo – Tula viloyatining Moskvadan taxminan 270 km. janubda joylashgan munitsipal tumani. U yerda, shuningdek, parranda yetishtirishga ixtisoslashgan  «Volovskiy Broiler» zavodi ham joylashgan.

Korxona rasman ishga tushirilgan 2016 yilning oktyabrida Tula viloyati gubernatori ko‘plab oliy mansabli amaldorlar ishtirokida «faxriy sarmoyadorlar»ga minnatdorlik bildirdi.

Gubernator «Volovskiy broyler» loyihasi aslida Rossiyaga kiritilgan o‘zbek kapitali ekanini ta'kidladi. Lekin u «faxriy sarmoyadorlar» Inoyatovlar oilasi va uning sheriklari ekanini esga olmadi.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Rustam Inoyatovning o‘g‘li Sharif Inoyatov otasi iqtidordaligi paytidayoq xorijiy davlatlarga ko‘p millionli sarmoyalar kiritgan edi.

Inoyatovlar, shuningdek, o‘z bizneslarini Rossiyada,  Tulada davom ettirish uchun ham yirik sarmoya yotqizishgan.

80 million dollarlik parranda imperiyasi

«Volovskiy broyler»ning 99,9% foiz ulushi Kiprning Limasol shahrida joylashgan Rilves Limited shirkatiga tegishli. Rilves Limited egalari esa Sharif Inoyatov hamda uning sheriklari Baxtiyor Fozilov va Ravshan Ubaydullaevdir. Rilves Limited, o‘z navbatida, Kiprdagi to‘rtta offshor kompaniya – Drawngate Investments, Epamina Holdings, Drupola Holdings, Drokel Investments ga bo‘lingan – ular ham uchala O‘zbekiston fuqarosi nazoratida.

Inoyatovlar oilasi va ularning hamkorlari «Volovskiy broyler»ga  5,3 mlrd rubl (80 mln dollar atrofida) sarmoya yotqizishgan. Majmua yiliga 60 ming tonna tayyor mahsulot beradi. Bu Rossiyaning Tula viloyatidagi eng yirik parrandachilik majmuasidir.


Mahsulotlar «SVOYa» savdo markasi ostida sotiladi. «Volovskiy broyler» Tula va Moskvada o‘zining shaxsiy «SVOYa» savdo tarmoqlari va zavodlariga ega. Firma Volova, Tula va Moskvada ofislariga ega.

Pullar hamon O‘zbekistondan sizmoqda

Parranda go‘shti ishlab chiqaruvchi zavod Sharif Inoyatovning Tuladagi yagona investitsiyasi emas. Sharif Inoyatov, Baxtiyor Fozilov va Ravshan Ubaydullaev viloyatdagi yana bir qancha loyihani nazorat qilishadi. Jumladan, Rilves Limited Volovodagi «Avtodorstroy» qurilish korxonasining  51% foiz ulushini, shuningdek, «ArgoPanel-Sistem» savdo ishlab chiqarish kompaniyasini nazorat qiladi.

Inoyatov, Fozilov va Ubaydullaev «Volova Kombikorm» zavodi, «Aksus Grup» va «Volovskiy Mez»  o‘simlik moyi ishlab chiqarish zavodlarga ham egalik qilishadi.

Inoyatovlar Rossiyadagi o‘z bizneslariga katta mablag‘lar sarflashda davom etishmoqda.

2016 yilning iyunida Tula viloyatidagi «Volovskiy kombikorm» zavodi vakili hisoblangan Ravshan Ubaydullaev omixta yem ishlab chiqaruvchi zavod qurish haqida bitim imzolagan edi. Inoyatov va uning sheriklari bu loyihaga 1,3 milliard rubl (19 million dollar) sarflashgan.

2018 yilning yanvarida Prezident Mirziyoev tanqididan so‘ng Rustam Inoyatov O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) raisligidan olindi. Biroq Inoyatov hokimiyatga yaqinligicha qoldi.

27 avgust kuni prezident farmoni bilan MXXning sobiq raisi Inoyatov islohotlarning borishi va huquq-tartibot faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi.

(Ingliz tilidan tarjima. Maqolaning originali bu yerda)

Tag‘in o‘qing
15 may 2025
Bugun Eltuz tahririyatiga Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidan yana bir murojaat kelib tushdi. Murojaatda aytilishicha, «Aloqa sifat savdo» MChJ tomonidan ...
11 september 2017
Hollivudning mashhur kinoakteri Stiven Sigal 9 sentyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asian Fight 2017 Xalqaro jang turnirida qatnashmadi. Shu kuni ...
11 february 2022
Aziz va mukarram, har biri duru javohirlar kabi qadrlilarim. Mabodo xafa bo‘lib, g‘am-g‘ussaga botgan, ishingiz yurishmagan bo‘lsa, boshlagan ishingizdan ...
28 december 2019
Kelayotgan yilning fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga kutilayotgan tashrifi chog‘ida mamlakat uchun hayotiy masalalar muhokama qilinadi.  Bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...