• H
Tahlil
2 may 2015

Tazarru olovida toblanmagan el

Bu baxslar NKVD- KGB propagandasi yaratgan zaharli zaminda o‘sgan mutant daraxtlar mevasi kabi tuyuldi menga.
Mamlakatda na Chor mustamlakachilariga sotilganlar ëki bu mustamlakaning daxshatli davomi bo‘lgan Sovet rejmiga hizmat qilganlar qoralanmadi.
Rus armiyasiga Toshkent eshiklarini ochgan ta'magir mullalar haqida gapirilmaydi.
Qo‘qonda Turkiston muxtoriyatini tugatib qatli om qilgan dashnoqlar haqida birov gapirsa ta'na dashnom ostida qoladi.
1937 yil Stalin qatag‘onlarining O‘zbekistondagi ma'naviy haybarakallachilari bo‘lgan G‘afur G‘ulom¸ Hamid Olimjon¸ Uyg‘un¸ Izzat Sulton¸ Adulla Qaxxor (Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin) qilgan jinoyatlar haqida sukunat bor.
Stalin qatag‘onlarini O‘zbekistonda amalga oshirgan Usmon Yusupov haqida ham jim jitlik.
Boz ustiga ularga haykallar qo‘yilgan. Rus mustamlakasini ulug‘lab kitob ëzganlar ham izzat hurmatda oshini oshab ëshini yashab yuribdi.
Kecha ishdan olingan Bosh Prokuror Rashid Qodirov Sovet KGB sida tergovchi bo‘lib ishlagan. U nafaqat o‘g‘ri balki Rossiya FSBsi josusi bo‘lgani ehtimoli yuqori.
Zotan mamlakatda lyustartsiya bo‘lmadi¸ oldingi rejim yugurdaklari qatron qilinmadi.
Shu bois Andijonda odamlarni qirgan qotil Zokir Almatov ham yuribdi ertalabki oshlarning fahriy generali bo‘lib.

Shuhrat Bobojon,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 september 2018
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilaridan birining “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Pskentda jazoni o‘tayotgan 55 yashar Jur'at Meliqulovga hujum qilishga ...
9 november 2019
Haëtimizni qiyinlashtiraëtgan narsalarning ko‘pi miyamizda joylashgan. Miyamizdagi vasvasa qurti bois qurbimiz yetmasa ham qarz havola to‘y qilamiz. Ayni vasvasa ...
17 june 2016
Bugungi o‘zbek gazetalari mamlakat prezidenti Karimov tomonidan mustaqillikning bosh g‘oyasi deya belgilab berilgan shiorni muttasil chaynashga majbur. Lekin har ...
6 december 2021
«Albatta, keragidan ko‘p xato qilganmiz, ulardan juda afsusdaman. Eng katta xatoim sud, jin ursin, mustaqil sud tizimini tuza olmaganimiz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...