Asosiy mavzular
12 september 2023

Mo‘ynoqdagi qo‘ylarga qaytsak.. 

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Mo‘ynoqda chorvachilikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan Chorva Mo‘ynoq Bosh direktori Polvonnazar Rahimovning Qoraqalpog‘istondagi rasmiylar sansolarligi va xalq bankining byurokrat rahbarlaridan noroziligi aks etgan videolavhani namoyish qilgandik. Lavha efirga ketgani ortidan Mo‘ynoq tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Biz Mo‘ynoq tuman mulozimlaridan ishga to‘g‘ri ëndashib, tadbirkorga kredit berish bo‘yicha tayinli va jiddiy harakat kutgan edik.

Buning o‘rniga Mo‘ynoq rasmiylari Rahimov firmaning muassisi emas, prezident qarori endigina chiqdi, kabi kurakda ham turmaydigan vaj korsonlarni ëzishga vaqt sarflashgan.

Mo‘ynoq tuman hokimligiga Polvonnazar Rahimovning Bosh direktor ekani haqidagi buyruq nusxasini taqdim qilamiz.

Prezident qarori endi chiqdi, degan gapni aytish bilan Mo‘ynoq tuman mulozimlari Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlarga munosabatdan umuman bexabar ekanligini ko‘rsatishdi.

Mo‘ynoq tumanidagi amaldorlar, xususan janob hokim O‘zbekiston prezidentining 2016 yildan beri tadbirkorlarga imtiëz beruvchi o‘nlab qarorlar chiqarganini bilmas ekan.

Shu o‘rinda yana bir gap. Eltuz telegramm kanali va Yutub tarmog‘ida qoldirilgan izohlarda Polvonnazar “Rahimov xonqali, “mo‘ynoqni odami emas” degan kamsituvchi va separatizmning sassiq hidi ufurib turgan yuzlab izohlar qoldirildi.

Biz bu izohlarni johil va qoloq odamlar ëzdi, deya ignor qildik.

Ammo Mo‘ynoq tuman hokimligi axborot xizmatining “raddiyasi”ni o‘qib, bu nosog‘lom mikrob tuman amaldorlari ichida ham bormi, degan savol paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston respublkasi vatandoshi mamlakatning barcha joyida bir xil huquqqa ega ekanligini eslatib qo‘yishni joiz deb topdim.

Shu o‘rinda “Odamlar gazeta orqali gaplashadi” degan eski gapni aytsam. Jamiyat o‘z muammolarini mulozimlar ërdamida yecholmagani uchun ham matbuotga murojaat qiladi.

Mana, xuddi qo‘yboqar Polvonnazar Raximov murojaat qilgani kabi.

Yana qo‘ylarimizga qaytib kredit ololmay ovvorai sarson bo‘lgan tadbirkor Polvonnazar Rahimovga minbar bersak.

video

Mo‘ynoqdagi sansolar rahbarlar va Xalq bankining byurokratlari bois ovvorai sarson bo‘lgan tadbirkor hasrati edi.

Shu o‘rinda 2024 yilda O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan uchrashuvni Nukusda o‘tkazishini aytib qo‘ysam.

Xo‘sh, Mo‘ynoqdagi janoblar bu uchrashuvda tanqid qilinishdan qo‘rqmaydimi?

Eltuz tadbirkorlar bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Layk bosing. Obuna bo‘ling, ammo befarq bo‘lmang. Haq olinadi va zinhor berilmaydi.

Tag‘in o‘qing
30 september 2016
Rassom Elsevar eltuz.com nashriga jo‘natgan navbatdagi suratida masjidda ikkita e'son qutisi paydo bo‘lganini aks ettirgan Ayrim masjid imomlar, paxta ...
5 november 2018
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi noroziligiga qaramay, 3 noyabr kungi majlisida AIBA – Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi 66 yashar G‘afur Rahimovni ...
6 april 2018
Facebook ning 87 milliontagacha foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlar Cambridge Analytica kompaniyasi tomonidan siyosiy konsalting maqsadlarida yig‘ib borilgani haqidagi xabarlar ortidan ...
24 july 2024
Bu uch jumla to‘laligicha Singapurda ro‘yxatga olingan Indorama Corporation guruhining O‘zbekistondagi mahalliy sho‘'basi hisoblangan “Indorama Agro” MChJ ishchilariga tegishli. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...