Asosiy mavzular
21 june 2025

O‘zbekiston yana qora ro‘yxatga tushdi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidovning davlatdan yashirgan sirlari xalqaro maydonda fosh bo‘ldi.

2025 yil 2 iyun kunidan 13 iyun kuniga qadar Jenevada Xalqaro mehnat konferentsiyasining 113-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 187 ta davlatdan 5000 dan oriq vakillar qatnashdi.

Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikattsiya qilingan konventsiyalarning talablari bajarilmayotgani ekspertlar tomonidan tanqidiy baholandi. O‘zbekiston XMTning 81 va 129 mehnat inspektsiyasi konventsiyalarining talablari  bajarmayotganligi sabab ekspertlarning salbiy ro‘yxatiga kiritildi.

Ekspertlar tomonidan asosiy tanqid shundan iboratki, Davlat Mehnat inspektsiyasi tomonidan tekshiruvlar mustaqil olib borilmayapti, tekshiruvlar sun'iy uchramoqdch, konventsiya shartlari buzilgan holatlarda jazo choralari nazarda tutilmagan,

Davlat mehnat inspektorlari o‘z vazifalarini to‘liq bajara olmayapti, qishloq xo‘jaligi soxasida malakali inspektorlar yetishmaydi.

2023-2024 yillarda konventsiyaning talabiga muvofiq O‘zbekiston davlat mehnat inspektsiyasi o‘z faoliyati yuzasidan ochiq  hisobotlarni e'lon qilmagan.

Shu va boshqa salbiy holatlar bilan XMTning bayonnomasida to‘liq tanishishingiz mumkin.

Bayonnomaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bong urilayotgan bolalar majburiy mehnati kamaygani bo‘yicha na'muna ekanligimiz ham haqiqatga yaqin emas.

To‘g‘ri, paxta dalalarida bolalar mehnatiga barham berishga Prezident Shavkat Mirziyoevning  siyosiy irodasi bilan erishildi.

Biroq Kambag‘allikni qsqartirish va bandlik vazirligining kadrlari sabab bolalar mehnati kamaygani borasidagi ushbu ijobiy natija xam saqlab qolinmadi,

Zotan 2024 yilda AQSh mehnat vazirligining Bolalar mehnati bo‘yicha e'lon qilingan hisobotida, O‘zbekiston bolalar mehnati borasida eng yuqori ko‘rsatkichdan eng quyi ko‘rsatkichga tushib ketgan.

Bundan anglashiladiki, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligini oxirgi ikki yil ichida boshqargan vazirlar Bexzod Musaev va Botir Zohidov barcha ijobiy natijalarni puchga chiqarishdi.

Ikki yil muqaddam Bexzod Musaev o‘zining kadrlarini soliq tizimidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga olib keldi. Bu guruhbozlik mehnat inspektsiyasini transformatsiya qilish bahonasi bilan oqlandi.

Inspektsiyaning malakali kadrlari bosim tufayli ishdan ketdi. Shundan so‘ng katta maydonga 6 oy davomida oddiy bo‘lim boshliqligidan Inspektsiya rahbarligigacha ko‘trilgan N.Ammaniyazova keldi. Iddaolarga ko‘ra bunga kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sobiq soliqchi N.Kodirov va sobiq komplayns bo‘limi boshlig‘i sobiq soliqchi D.Xasanovlarni ko‘maklashgan

Shu o‘zgarishdan so‘ng Davlat mehnat inspektsiyasi “Titanik” kemasi kabi ummonning tubiga g‘arq bo‘la boshladi, buni XTMning hisoboti yaqqol dalillaydi

Davlat mehnat inspektsiyasining hozirgi jamoasi O‘zbeksitonni “Cotton company” boykotidan chiqarishga katta hissa qushgan.

Inspektsiya o‘rinbosari N.Amaniyazova esa xodimmlarning bu xizmatlarini mutlaqo e'tiborga olmayapti.

Hozirda ushbu inspektsiya o‘rinbosari N.Amaniyazova asosiy lavozimlarda o‘tirgan xodimlarni attestatsiya bahonasida ishdan olishga va ularning o‘rniga o‘zining odamlarini olib kelishga urinmoqda, deydi tizim insayderlari.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mehnat inspektsiyasidagi guruhbozlik va ichki nizolar sabab amaliy ish samaradorligi tushmoqda.

Asnoda O‘zbekiston yana yuztuban bo‘lib qora ro‘yxatlardan joy ola boshlasa global bozorda mamlakat erishayotgan o‘rni va obro‘ e'tibori tubsiz jarlikka qulaydi.

Tag‘in o‘qing
19 april 2016
«Huquq» gazetasi qo‘shni davlatlarga kelin bo‘lib tushib, bugun chegaradan o‘tishdagi qiyinchiliklar bois yurtidagi qarindosh-urug‘lari bilan bordi-keldi qilish muammosiga duch ...
23 february 2017
20 fevral kuni O‘zbekiston tomoni Tojikistonning “Somon Eyr” kompaniyasi uchog‘ini qabul qila olmasligini bildirgani haqida xabarlar chiqdi. 25 yillik ...
14 june 2021
O‘zbekistonda shoir Rauf Parfi xotirasiga bronza haykal o‘rnatish uchun bir guruh ziyolilar boshlagan pul yig‘ish harakati nihoyasiga yetmoqda. “Biz ...
20 april 2017
Taniqli jurnalistlar Shuhrat, Qudrat va Xurmat Bobojonovlarning Urganch tumanida yashovchi onasi Shukurjon Madrahimovaning aytishicha, u 18 aprel kuni o‘z ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...