UzPoster
20 september 2018

Rauf Parfi izdoshlari tarmoqda aktsiya boshlashdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida 25 sentyabrga rejalangan Rauf Parfining 75 yilligi tadbirining taqiqlanishi ortidan feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida shoirning muxlislari #parfimaniya xeshtegi ostida aktsiya boshlashdi.

«25 sentyabr kuni emas, taqiqlangan Rauf Parfi she'riyati bilan uchrashuvni bugun boshlaymiz. Pastdagi audioda ustoz shoir abadiyatdan sizga murojaat qilmoqda», deya yozdi feysbukda shoir Hurshid Davron va postiga Rauf Parfi audioyozuvini ilova qildi.

Shoirning feysbuk tarmog‘ida #parfimaniya xeshtegi ostida qo‘yilayotgan ijodi, kitoblari, hayoti va xotiralariga oid postlar, video, audio, foto va ularga izohlar tarmoqda stixiyali tarzda davom etmoqda…

Omon Aziz (kandakor): So‘nggi so‘zlarim… Rauf Parfini men go‘yo bir maloikday, farishtaday bilardim. Bu juda toza, sokin, sabrli Inson edi».

Pahlavon Sodiq: (jurnalist) «Rauf Parfi rahmatli «Meni Londonga olib boringlar, bir marta Temzaga oyog‘imni solib o‘tirsam bo‘ldi», deb aytardi. Qachon Temzaning yonidan o‘tsam, shu gapi esimga tushadi…Ruhi shod bo‘lsin!»

Muhammad Ismoil (shoir): «Hayotimda Rauf Parfi davri 1981 yil 20 oktyabrda boshlangan… Men o‘sha kunga qadar Rauf Parfini bilmasdim. O‘zini hech ko‘rmagan, biror marta she'rini o‘qimagandim. Talabalar katta qiziqish va entikish bilan kutib olayotganlariga qaraganda, uni tanimaslik, o‘qimaslik kechirilmas hodisa edi».

Shuhrat Bobojon: (rassom): Qanday rasm kerak sizga, degan savolga Rauf Parfining javobi o‘ta aniq bo‘ldi. «Ikkita qalin shisha orasida qurbaqani ezsak. Ezilgan tana va qondan hosil bo‘lgan bu dahshatli tasvirni suratga olsak, ana shu surat kitobimga muqova bo‘la oladi», dedi Rauf Parfi.

Gulbahor Said G‘ani (filolog) «…o‘sha paytlari sohir she'riyat sohibi Rauf Parfi ham bir muddat shu jurnalda ishlab turgan edilar. Umr yo‘ldoshim Habibullo Said G‘ani bilan Toshkent safariga otlandik. Poytaxtga borgach, har safargidek, do‘stu qadrdonlarni ham ziyorat qildik. Tabiiyki, Rauf akani ko‘rib ketish uchun “Jahon adabiyoti” ga bosh suqdik…».

Qutfiddin Muhiddinov: (sport jurnalisti) Shahrimizdagi kitob do‘konida yaqinda Rauf Parfi kitobi sotuvga chiqdi. Bir do‘stim menga ham olib qo‘ying, degan edi. Kirsam, kitoblari tugab qolibdi. Kitobi sotilgani yaxshi, lekin meni bir savol qiynaydi, kitobdan kim daromad ko‘ryapti? Shu foydadan Rauf Parfi muzeyi tashkil qilsa bo‘lmasmikin?

Rahmat Bobojon: (shoir) So‘zidan o‘zini izlagan g‘arib,  O‘zidan so‘zini izlagan g‘arib, Bilsam aytar edim, yo‘q netay sharhi- Rauf Parfi…

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 august 2025
2025 yil 19 avgust kuni Samarqand xalqaro aeroporti hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa Prezident terminali oldida, meteorologik uskuna ...
19 august 2022
Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha ...
26 november 2023
Shou loyihasidan ko‘rsatuv homiylari, va prodyusserlari bosimi ostida bir necha iste'dodli yoshlar chetlatildi. 12 finalistdan biri bo‘lgan Vlada Kim ...
10 january 2026
Muhammad Solih TA'QIQ Shunday qilib, diktatorning niyati amalga oshmadi.  «ERK» Qurultoyida mag‘lubiyatga uchragan Karimov Adliya vaziriga ”ERK «partiyasining faoliyatini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...