Vaqt mashinasi
25 february 2024

Muxolifatchi professor Botir Norboev xotirasi

Bugun o‘zbekistonlik professor olim va muxolifat arbobi Botir Norboev vafot etgan kun. U 2019 yilning 24 fevral kuni 72 yoshida vafot etgan, Toshkentning «Oqtepa» qabristonida dafn qilingan edi.

Shu kuni qarindoshlari, yaqinlari, safdosh do‘stlari uni so‘nggi manzilga kuzatishar ekan, ijtimoiy tarmoqda o‘z xotiralarini ëzishdi.

«U fan doktori bo‘lsa-da, karimizmning uzun qo‘llari ishdan haydadi. Bir necha o‘g‘li va xotini bilan ishsiz qoldi. Ammo u milliy fikridan qaytmadi. Qozog‘iston va Turkiya universitetlarida professor bo‘lib ishladi», deya feysbukdagi sahifada ëzildi.

To‘ra Mirzo bir guruh hamfikr do‘stlari – Mamadali Mahmud, Baxtiyor Isabek bilan marhumning qabri boshida turishdi.

1990-yillarda Norboev Qozog‘istonga ketishga majbur bo‘ldi. Dastlab Chimkent shahridagi Janubiy Qozog‘iston universitetida talabalarga dars berdi. Keyinchalik «Turkiston tongi» gazetasida va Qozog‘iston xalqlari birligi jamiyatida faoliyat ko‘rsatdi.

Umrining so‘nggi yillarida Turkiyaga ketgan olim Norboev Kastomonu universitetida «Turkiston adabiyoti»dan dars berdi.

«Turkiylar uchun o‘rta til masalasini ko‘tarardilar», deya xotirlaydi Botir Norboevni taniqli jurnalist Karim Bahriev feysbukdagi sahifasi orqali.

Asli xivalik bo‘lgan filologiya fanlari doktori Botir Norboev milliy mustaqillik uchun suronli kurash yillarida Toshkentda o‘z shogirdlari bilan birga «Birlik» xalq harakatining oldingi saflarida bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 august 2018
Bugun rassom Tuz o‘zbek tibbiyot tizimida avj olgan korruptsiyani hajv ostiga oladi. Rasman bepul bo‘lsa-da, O‘zbekistonda tibbiy xizmat amalda ...
20 october 2015
Paxta qo‘yguncha paxta ter. Beva xotinning tushiga er kirar, Xasharchining tushiga — paxta. Xasharchining go‘shti harom, Mehnati — halol. ...
19 december 2018
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi Zokirjon Ibragimov 14 dekabr kuni 12 ming AQSh dollarini pora sifatida olaëtganida ...
11 december 2017
Ëshlar ittifoqi kafilligi ostida jinoyatchilar sud zalidan ozod qilinmoqda. Lekin bu kafillik shu yilning 27 sentyabrida qamoqqa olingan jurnalist ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...