Vaqt mashinasi
17 november 2025

Gandimiyon kelishuvi va Xiva xonining Rossiyaga taslim bo‘lishi

Bugungi kunni anglash uchun tarix ilmini bilish kerak. Tarix – bu o‘liklar haqidagi ilm. O‘lganlarni tinch qo‘ying deydigan oshqovoq kallalarga quloq solinsa tarix fani yo‘q bo‘lishi kerak.

Tarixni cho‘pchaklar ërdamida emas, balki hujjatlar asosida o‘rganish – to‘g‘ri yo‘l.

Mana xujjat. Rus va turk tilida ëzilgan. Gandimiën kelishuvi. 1873 yili Xiva yaqinidagi Gandimiën qishlog‘ida 1873 yilning 12 avgustida Turkiston general gubernatori Kaufman va Xiva xoni Ikkinchi Muhammad Rahimxon tarafidan imzolangan.
Gandimiën kelishuvi Xivaning ruslar tarafidan bosib olinganidan keyingi kapitulyatsiya, ya'ni taslim bo‘lish hujjatidir.

Hujjatda Xiva xoni bundan buën o‘zini Rossiyaning vassali deb aytilishiga iqror bo‘ladi.

Xiva xoni istagi bilan hujjatda u o‘zini “Rossiya imperatorining sodiq quli” deb ëzilgan.

Ruscha “pokornыm slugoy imperatora vserossiyskogo” (Buni xatto Kaufman ham ortiqcha deb bilgan)

Xiva xonligi tashqi siësatdan mahrum qilinishi va xonlikdagi Bosh vazir doxil muhim lavozimlarga tayinlovlar Rossiya ruxsati bilan amalga oshirilishi alohida ko‘rsatilgan.

Tag‘in o‘qing
25 august 2020
Diktator uchun transformer taxt. Rassom Tuz
30 january 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
16 january 2023
Buxoro markazidagi YuNYeSKO himoyasida bo‘lgan bufer zonada multfilm stilidagi feyk «Buxoro» qurilishi haqida tomog‘igacha korruptsiyaga botgan, o‘ris aksarlariga haykal ...
17 january 2021
Nasafiy taxallusi bilan ijod qilayotgan 23 yoshli qo‘shiqchi Aziziddin Akmalov o‘zining ma'muriy javobgarlikka tortilganini internetda tarqalgan xabarlar orqali bilganini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...