Vaqt mashinasi
7 january 2026

7 yanvar – Galiley Beruniy nazariyasini isbotlovchi kashfiyotni amalga oshirdi  

Galileo Galileyning 1610 yil 7 yanvardagi kashfiyoti insoniyatning koinot haqidagi tasavvurlarini ostin-ustun qilib yuborgan. Bu voqea nafaqat astronomiya, balki falsafa va diniy qarashlar uchun ham keskin burilish nuqtasi bo‘ldi.

Garchi Galiley kashfiyotidan olti asr avval xorazmlik Abu Rayhon Beruniy koinot jismlari  geliotsentrik tizimga asoslanishi, ya'ni yerning quyosh atrofida aylashini va boshqa sayyoralarning atrofida o‘z yo‘ldoshlari bo‘lishi mumkinligini kashf qilgan bo‘lsada, undan keyingi olimlar Beruniy gipotezalariga qarshi nazariyalarni ilgari surib kelishgan va ular eskicha shaklda barcha samoviy jismlar yer atrofida aylanadi deya hisoblashgan.

20 karrali teleskop va Beruniy nazariyasi isboti

Galiley o‘zi yasagan 20 karra kattalashtiradigan teleskopi orqali Yupiterni kuzatganda, sayyora yaqinida uchta (keyinroq to‘rtinchi) kichik «yulduz»ni ko‘rib qoladi. Bir necha kunlik kuzatuvlardan so‘ng, u bu yulduzlar aslida Yupiter atrofida aylanayotgan yo‘ldoshlar ekanini anglaydi.

O‘sha paytda Ptolemey nazariyasiga ko‘ra, koinotdagi barcha jismlar faqat Yer atrofida aylanishi kerak edi. Galiley esa hamma narsa ham Yer atrofida aylanmasligini isbotladi.

Bu kashfiyot Kopernikning «Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi» degan nazariyasi uchun kuchli dalil bo‘ldi. Bu kashfiyot samoviy jismlarning harakat qonuniyatlarini matematik hisoblash imkonini berdi.

Abu Rayhon Beruniyning «Qonuniy Mas'udiy» asari nima haqda edi?

Galileydan qariyb 600 yil avval yashagan buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy geliotsentrik tizim (Quyoshning markazdaligi) va koinot tuzilishi haqida eng ilg‘or fikrlarni ilgari surgan. Uning qarashlari Galiley va Kopernik asosiy ma'lumotlarni uning asaridan olgan va bu ular uchun ma'naviy-ilmiy zamin vazifasini o‘tagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Beruniy o‘zining «Qonuni Ma'sudiy» asarida Yerning harakati haqidagi gipotezalarni chuqur tahlil qiladi. Garchi u davr taqozosi bilan (fizika qonunlari hali to‘liq kashf etilmagani sababli) geotsentrizm rasman rad etilmagan bo‘lsa-da, matematik jihatdan Yerning Quyosh atrofida aylanishini va bu hisob-kitoblarda hech qanday xatolik kelib chiqmasligini Beruniy isbotlagan.

Beruniy yulduzlarning juda uzoqdaligini va ular ham Quyosh kabi issiqlik tarqatuvchi jismlar ekanini taxmin qilgan. U Galileydan avvalroq «agar Yer harakatlansa, nega biz buni sezmaymiz?» degan savolga inertsiya qonunlariga yaqin javoblar izlagan.

Beruniy astronomiyani faqat falsafadan ajratib, uni aniq kuzatuvlar va matematik o‘lchovlar asosiga qurgan. Uning Yer radiusini o‘lchashdagi aniqligi (6333 km ga yaqin, zamonaviy o‘lchovlardan farqi juda kam) koinot miqyosini to‘g‘ri anglash uchun asos bo‘lgan.

Beruniy Hindiston safari davomida Oy va yulduzlar harakatini o‘rganib, yerning tortishish kuchi (gravitatsiya) haqida dastlabki fikrlarni aytgan. U samoviy jismlar bir-biriga bog‘liq holda harakat qilishini tushungan, bu esa keyinchalik Galileyga Yupiter tizimini tushunishga yordam bergan «mexanik koinot» g‘oyasining boshlanishi edi.

Xulosa qilib aytganda Beruniy nazariy va matematik asosni tayyorlab bergan bo‘lsa, Galiley teleskop yordamida bu g‘oyalarning amaliy isbotini (Yupiter yo‘ldoshlarini) ko‘rsatib berdi.

Tag‘in o‘qing
7 august 2020
Qishga tayyorgarlik. Pomidor va qalampirni o‘zim yetishtirib, quritib, ipga o‘tkazib devorga ildim. Ko‘o‘p bonkayam berkitganmiz. Kompotlarim ham yetarli. Ozroq ...
22 february 2018
O‘zbekiston prokuraturasi matbuot bo‘limi xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga Qodirovning qamoqqa olinmaganini, boshqa yana bir manba esa ...
17 october 2025
Farg‘ona viloyati, Rishton tumani. Ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida berilgan 14 sotix yer hozirda ular uchun ...
21 january 2020
Professor Kristian Lasslett O‘tgan haftada Gulnora Karimovaga nisbatan «yopiq eshiklar ortida» yangi jinoiy ayblovlar bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Karimovaning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...