Vaqt mashinasi
30 january 2026

30 yanvar – Islom Karimov tug‘ilgan kun

1938 yil 30 yanvar O‘zbekistonni  yigirma yetti yildan ortiq boshqargan Islom Abdug‘anievich Karimov tug‘ilgan kun.

Islom Karimov shaxsi va uning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni haqida gap ketganida, mamlakatning bugungi kun siyosatshunosligi va tarixchiligida ikki xil fikr mavjud. Bir tomon uning shaxsini mutlaqo ulug‘laydi, ikkinchi tomon esa uning jiddiy xatolari va mamlakatni siyosiy tanazzulga yetaklagan raxbar bo‘lganini aytib qoralaydi.

Karimov erishgan yutuqlar

Uning shaxsini ulug‘lovchilar fikricha, Islom Karimov boshqaruvining ilk yillarida mamlakatni chuqur inqiroz va fuqarolar urushi xavfidan saqlab qolgan.

SSSR parchalangach, hech qanday boshqaruv tajribasi bo‘lmagan sharoitda yangi davlat institutlari, milliy valyuta va armiyani noldan shakllantirgan.

Qo‘shni Tojikistondagi fuqarolar urushi va Afg‘onistondagi beqarorlik fonida O‘zbekistonda ichki nizolar kelib chiqishining oldini olgan.

Amir Temur, Imom Buxoriy kabi allomalar merosi tiklangan, diniy qadriyatlarga muayyan darajada erkinlik berilgan.

Boy berilgan imkoniyatlar

Karimov davrining ikkinchi yarmi, ayniqsa 2000-yillardan keyingi davr ko‘p hollarda «diktatorlik davri» sifatida talqin qilinadi.

Bu mamlakatning iqtisodiy yakkalanishga olib keldi. 

Valyuta bozorining yopiqligi va iqtisodiyotning davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi tashqi investitsiyalar oqimini to‘xtatib qo‘ygan. Bu esa O‘zbekistonni qo‘shni davlatlar masalan, Qozog‘iston bilan solishtirganda iqtisodiy o‘sishda orqada qolishiga sabab bo‘ldi.

Sanoatning ko‘plab tarmoqlarida raqobat o‘ldirildi, bu esa narxlarning oshishi va sifatning pasayishiga olib keldi.

Siyosiy tizim va inson huquqlari

Siyosiy maydonda haqiqiy muxolifat va erkin fikrning bo‘g‘ilishi tizimdagi xatolarni vaqtida ko‘rish va tuzatish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Paxta dalalaridagi majburiy mehnat, ayniqsa bolalar mehnati O‘zbekistonning xalqaro obro‘siga katta putur yetkazdi va mamlakatga qarshi boykotlar e'lon qilinishiga sabab bo‘ldi.

Tashqi siyosatdagi «yopiqlik»

Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarning sovuqlashishi, chegaralarning yopilishi, suv va energetika masalalaridagi nizolar mintaqaviy rivojlanishga to‘siq bo‘ldi. O‘zbekiston uzoq vaqt davomida «mintaqaviy yetakchilik» uchun kurashib, amalda yakkalanib qoldi.

Islom Karimovning «O‘zbek modeli» deb atalgan bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘li mamlakatni «shok terapiyasi»dan qutqargan bo‘lsa-da, keyinchalik bu model islohotlarning kechikishiga xizmat qildi.

Bugungi kunda Karimov haqida eslash — bu shunchaki bir shaxsga ehtirom emas, balki mustaqil O‘zbekiston qanday murakkab yo‘lni bosib o‘tganini anglash, xatolardan xulosa chiqarish va kelajakda bunday xatolarni takrorlamaslik uchun bir imkoniyatdir.

Tag‘in o‘qing
2 october 2020
Juma kelsa, xuddi uzoq ko‘rmagan do‘stu ërlarim guras-guras bo‘lib, meni quchoqlab ko‘rishganday his-tuyg‘uni boshdan kechiraman.  Jahonning shodligi yig‘ilsa butun,  ...
11 january 2018
1 yanvardan Toshkent shahrining davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta'minlanadigan bolalar bog‘chalarida to‘lov narxlari 24,3 foizgacha qimmatladi. Davlat byudjetidagi maktabgacha ...
10 may 2016
Bugun avtomobil janjali markazida qolaëtgan Ulug‘bek (Bosh vazir o‘rinbosari) bilan bir muddat O‘zbekiston milliy bankida birga ishlaganim bois Eltuz.com ...
16 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...