Vaqt mashinasi
16 march 2020

16 mart – Vetnam tarixidagi qonli kun

1968 yili AQSh hukumati Vetnamga 35 mingdan 50 minggacha bo‘lgan askar jo‘natishga qaror qiladi.

16 mart kuni ertalab vetnam jangarilari borligi gumon qilingan Milay qishlog‘iga Amerika vertolyotlari tushirilgan, avtomatlar va granatalar bilan qurollangan harbiylar dalada sholi ekini bilan mashg‘ul tinch aholini o‘ldira boshlashgan, shu zayl 500 ga yaqin odam qirib tashlangan, jumladan, 100 nafar atrofidagi asir ham otilgan edi.

1965 yili boshlangan Vetnam urushi XX asr ikkinchi yarmidagi eng yirik harbiy ziddiyatlarning biri sanaladi, jumladan, bu SSSR va AQSh o‘rtasidagi sovuq urushning avj olishiga sabab bo‘lgan edi.

Urush negizini chuqurroq tahlil qilish uchun 1957 yillarda Janubiy Vetnamda sovetlar g‘arazi ostida boshlangan partizanlik urushlariga nazar tashlash lozim.

Keyinchalik bu urushga sovetlar tarafida turib Xitoy ham qo‘shiladi va urush Shimoliy V'etnamni ham qamraydi.

Sovet hukumati 1965 yili Vetnam Demokratik Respublikasiga keng miqyosda harbiy-texnik yordam yetkazib bera boshlaydi.

SSSR Vazirlar kengashi raisi Aleksey Kosiginning hisob-kitobiga ko‘ra, o‘sha paytda xarajatlar kuniga bir yarim million sovet so‘mini tashkil etgan edi.

AQSh prezidenti Jon Kennedining mojaroni sovet hukumati bilan tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan qator urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, 1965 yilning martidan AQSh hukumati keng miqyosda harbiy harakatlar boshlaydi.

SSSRning Vetnamdagi zenitchilari va Amerika aviatsiyasi o‘rtasidagi dastlabki jang 1965 yilning 24 iyulida yuz bergan edi.

Amerika jamoatchiligi va erkin matbuotining faol qarshiligi ta'sirida 1975 yili AQSh hukumati o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga qaror bergan, urush Vetnam kommunistlari foydasiga yakunlangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 december 2021
Rassom Kirpi
23 march 2024
Moskvadan dahshatli xabar keldi. Qurollangan odamlar «piknik» guruhining kontserti oldidan Moskvaning «Crocus City» kontsert zaliga bostirib kirishdi. Ular pulemyot bilan ...
14 august 2020
Yana hafta aylanib siz bilan yuz ko‘rishib turibman. Mag‘rursiz, masrursiz  va orangizda sevgidan majnun, haëtga maftun kishilar bor. Faqat ...
22 may 2018
Keyingi paytda “Boriga baraka” kapital shousi odamlar xayolini o‘rgimchak to‘ridek o‘ziga qamrab oldi. 7 yoshdan 70 yoshgacha hamma “Boriga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...