Video
10 may 2016

Ro‘ziqulov navbatdagi «gunoh echkisi» (video)

Hafta boshida Eltuz.com Rossiya uchun chiqarilgan mashinalarni jamloqlarda saqlab qayta O‘zbekistonda sotilishiga oid jinoiy sxema fosh etilib, shirkat bosh direktori Toxirjon Jalilovning qamalgani haqida yozgan edi.

Bundan tashqari Ozodlik radiosi Jalilov bilan birga tag‘in o‘n nafar shaxs qamalganiga oid xabarni berdi.

Lekin bosh vazir o‘rinbosari Ro‘ziqulovning iste'fosi haqida xabarlar bir-biriga qarama qarshi bo‘ldi.

Masalan avvaliga Eltuz som, uning ishdan chetlatilgani haqida yozgan bo‘lsa, bu iddaoni dastlab aksariyat ikkilamchi manbalar tasdiqlamadi.

“Har xolda o‘tgan juma Ro‘ziqulov iste'fo berish haqida ariza ëzdi” deya ta'kidlagandi Eltuz.com manbasi, 1-may kuni.

Biroq uning hibsga olingani haqida rasmiy ma'lumot yo‘q, Ro‘ziqulov nomi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida hamon xukumat internet sahifasida turibdi.

So‘nggi xabarimizga ko‘ra esa, bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi, Ulug‘bek Ro‘ziqulov mamlakatdan chiqib ketish payti MXX xodimlari tarafidan aeroportda to‘xtatilib izolyatsiya qilingan.

Faqat bir manba aytayotgan bu “voqea” 7 may kuni peshindan keyin ro‘y bergan.

Manbaning tag‘in aytishicha, Ro‘ziqulov GM-Uzbekistanga oid kriminal sxema bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Manbaning tag‘in bildirishicha, boshqaruv elitasidagi aksar mulozimlardan farqli “uch xonali kvartirada namoyishkorona kamtar” istiqomat qiladigan va “o‘ta extiëtkor” Ro‘ziqulovni “maydondan supurib tashlash” uchun informatsion mujodala boshlangan.

Bu masala 26 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining uchrashuvi paytida ham kun tartibining matbuotga ochiqlanmagan qismida bo‘lgan.

Boshqa bir iddaoga ko‘ra, Jalilovning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarish sohasiga oid kompromatlar O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimovga qarshi guruhning ishidir.

Azimov muhtamal voris, ya'ni O‘zbekistonning “ertangi prezidenti” bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar ortidan unga qarshi axborot urushi nishonalari ko‘rina boshlagan.

Rustam Azimov esa o‘ziga qaratilgan hujum strelkasini Bosh vazir o‘rinbosari Ro‘ziqulovga qarshi yo‘naltirdi, degan hulosaga kelish mumkin.

Ayni kunlarda JM Uzbekistan ishchilari oyliksiz qolishaëtganidan tashvishga tushishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 february 2018
Toshkentning «O‘rikzor» bozoridan xarid qilgan «Asl baxt» shirinligi sifatidan shubhalangan jurnalist Malohat Eshonqulova 4 fevral kuni o‘z surishtiruvini o‘tkazdi. ...
5 august 2018
1997 yili meni hayratga solgan voqea birinchi raketka ustasining otasi va murabbiyi Shteffi Grafning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun ...
9 november 2025
Kiplingning Maugli asarida javohirlar to‘la sandiqchaga kim ega bo‘lsa, o‘sha kimsa doimiy ta'qib va diqqat markazida qolganiga oid sahna ...
7 june 2018
Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...