Asosiy mavzular
22 may 2019

22 may – «Sharq oqqushi» nomi bilan dong chiqargan balerina Malika Sobirova tug‘ilgan kun

Malika Sobirova 1942 yilning 22 mayida o‘zbek naychisi Abdurahim Sobirov va osetiyalik shifokor Madina opa oilasida tug‘ilib, ëshligidan nafosatga oshno bo‘ldi.

Qizaloqning nafis harakatlari Leningraddagi xoreografiya bilim yurti o‘qituvchilarini rom qildi.

1952 yilda Malika Sobirova afsonaviy raqqosa Nadejda Bozorova qo‘lida tahsil ola boshladi.

rasm1448
Raqqosa surati sovet jurnallari muqovalarini bezadi

Dunëga mashhur opera va balet (Mariinskiy) teatri sahnasida qo‘yilgan «Щelkunchik» baletida Malika kichkintoy Masha rolini o‘ynab tahsin oldi.

Raqsdan ta'sirlangan teatr baletmeysteri Malikaga ko‘zi ochilib ëpiladigan qo‘g‘irchoq sovg‘a qildi.

Bu qo‘g‘irchoq Malika nazdida doimo eng yuksak e'tirof nishonasi bo‘lib qoldi.

O‘qishni tugatgan Malika 1961 yildan boshlab Ayniy nomidagi Tojikiston SSR davlat opera va balet teatrida ish boshladi.

Raqqosa 1965 yilda Varna shahridagi balet konkursiga nomzod qilib tanlandi.

Malika Sobirova Moskvadagi Bolshoy teatrda Asaf Messerer va Galina Ulanova rahbarligida tanlovga tayërlandi.

Tanlovda sovet balerinasi sifatida muvaffaqiyat bilan qatnashgan Malika endi Britaniya va Irlandiya sahnasida raqs tushib olqish oldi.

rasm1450
Malika Sobirova eri Muzaffar Burxonov bilan

Bu orada Malika o‘z sahnadoshi Muzaffar Burxonov bilan turmush qurdi.

Ularning birgalikdagi raqslari dunë baletsevarlari yuragini hapqirtirdi.

Malika SSSR xalq artisti maqomiga erishdi. Ammo mas'ud kunlar uzoq cho‘zilmadi. Doktorlar Malikaga o‘pka saratoni degan shafqatsiz tashxisni qo‘ydi.

Malika Sobirova 1982 yilda Moskvada olamdan o‘tdi. Sharq oqqushi sifatida balet sahnasining malikasiga aylangan raqqosa afsonasi shu tariqa g‘amgin yakunlandi.

Raqqosaning eri Muzaffar Burxonov Tojikistondagi fuqarolar urushi davrida maydonga chiqqan millatchi va diniy ekstremistlar tazyiqidan qochib Polshaga ketdi.

Video: Malika Sobirova va Muzaffar Burxonovning «Vakxanaliya» balet kompozitsiyasidagi raqsi

Rayhon To‘ychieva
Eltuz.com uchun maxsus

Tag‘in o‘qing
20 january 2017
Farg‘ona viloyatida xalq ta'limi va boshqa byudjet tashkilotlari xizmatchilari bug‘doy ekilgan dalalarga mahalliy o‘g‘it – go‘ng sochishga chiqarildi. «Tuman ...
7 november 2025
Supurgini tikka qilib qo‘yilsa, balo-qazo keladi degan irim bor. Shu bois uni ëtqizib qo‘yish lozim. Eng kamida uchi qiyshaymaydi. ...
4 december 2019
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih shu yilning 20 dekabrida 70 yoshga to‘ladi. Muhammad Solih hayoti haqidagi ...
2 june 2022
Rassom Tuzdan yangi karikatura eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...