Catira
3 march 2017

Tarbiyachi tahqirlagan bolalar duduq bo‘lib qoldi

Surxondaryoda kunduzi bolalar jismoniy jazolanadigan, tunda esa fohishaxonaga aylanadigan to‘rtta bog‘chadagi vaziyat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqni larzaga soldi.

Tarmoq yuzerlaridan biri Nigina Aksenova: «Bolalar bog‘chasi/fohishaxona… bechora bolalar, ey xudo, ularni tungi mehmonlarning qo‘rqinchli infektsiyasidan o‘zing asra», deya ëzdi.

Yutubga qo‘yilgan shunday video ortidan darg‘azab yuzerlarning ko‘plab izohlarini o‘qish mumkin.

«Qanday dahshatli, bunday isqirt ayollar, norasida go‘daklar hayotini havf ostida qoldirgan hayvonlarga qanday kilib bolalarni ishonib, topshirish mumkin, axir ular jinoyatga qo‘l urishayapti. Ey, o‘sha bolalarning ota-onalari, bu bag‘ri qurtlar o‘z jazolarini olishi uchun barchangiz kurashinglar!» deya xitob qiladi jumladan Sveta Batirova ismli yutub yuzeri.

Tarqalgan videoda ham Salomat ismli tarbiyachining yosh bolakayga pichoq o‘qtalib, ularni siltab, “tilini va jinsiy a'zosini” kesib tualetga tashlash bilan tahdid qilib ko‘rqitgani aks etgan.

Videoda “tarbiyachi opa” kattagina pichoqni o‘tmas tomonini bola tanasiga tekkizgani va bolani ishtonini yechib tahqirlagani ham tasvirlanadi.

Tarbiyasiz tarbiyachilar pichoq ushlagan ayol oldiga bolakaylarni bittalab olib kelishadi… Himoyasiz bolalar ustidan davom etgan ekzekutsiyani tomosha qilish og‘ir.

Ozodlik muxbiri surishtiruvida aën bo‘lishicha, tahqirlangan bolalar ruhiy zarba bois duduq va siyg‘oq bo‘lib qolishgan.

Rassom Tuz o‘zlariga “Bolajon” deya nom qo‘yib olgan o‘zbek bog‘chasidagi dahshatni tasvirlaydi.

Video: https://youtu.be/XGbFM7t6MIg

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 november 2016
Kasalxonadagi aëlning salomatligi haqidagi ma'lumotnoma Adana prokuraturasi oilaviy jinoyatlar bo‘limiga yetib borgach, eridan kaltak yegan o‘zbek aël shikoyatini Adana ...
4 may 2018
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kungi tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonni o‘z ota yurti deya ta'rifladi. «Ota ...
25 april 2020
So‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotda keng aks sado berayotgan, mamlakatga milliardlab dollar xorijiy investitsiyani jalb etayotgan islohotlar o‘tkazish yo‘liga kirdi. ...
4 may 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...