Asosiy mavzular
12 april 2017

Antiginekolog imom jurnalistlarni fitnada aybladi

Erkaklarning doyalik qilishiga qarshi ma'ruzasi bilan tanilgan toshkentlik 42 yoshli imom Sayfuddinov mavzuni yoritgan jurnalistlarni fitnada aybladi.

«Erkak kishini erkak doktor, ayol kishini ayol doktor ko‘rmog‘i – bu, shariatimizning talabi», – deya o‘zini oqladi Toshkentning Yunusobod tumani imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov o‘zining 7 aprel kuni juma ma'ruzasida.

Bundan ilgarigi ma'ruzasida buni u «sharmandalik» deya atagan, bu esa tarmoq yuzerlarining izohlari va saytlarda turli bahslarni keltirib chiqargandi.

Imomning chaqirig‘i ortidan, Eltuz nashri vazirlikka shikoyat qilgan Farida Sharifga tazyiqlar boshlangani haqida ham yozgan edi.

Uning keyingi iddaolari tag‘in jiddiy savollar tug‘diradi.

Tibbiyot muassasalari ikkiga ajratiladimi?

Agar imomning so‘zlariga ko‘ra «erkak kishini erkak doktor, ayol kishini ayol doktor ko‘rmog‘i» shart bo‘lsa, tibbiyot muassasalarini teng ikkiga ajratish kerak bo‘ladimi?

Imomning iddaolari mamlakat prezidenti Mirziyoevning tibbiyot tizimini isloh qilish haqidagi keskin tanqidiy chiqishlaridan so‘ng yangray boshladi.

O‘zbekistondagi tibbiyot tizimining eng og‘riqli muammolari mutaxassis vrachlarning mamlakatni tashlab horijga chiqib ketishayotgani va korruptsiya ekani haqida ko‘p gapirildi.

Shu ma'noda tag‘in savollar tug‘iladi.

Bemor ayollar va erkaklar uchun alohida shifoxonalar va mutahassislarni – tish doktorlari, yurak, saraton, jigar kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi shifokorlarni qaerdan topamiz?

Agar musulmon dunyosi uchun imom aytgan talablar joiz bo‘lsa, uzoq o‘tmishda bu muammo qanday hal etilgan?

Ibn Sino davridagi tibbiyot olimlari ayol va erkak anatomiyasini qanday o‘rganishgan?

Bu gaplar rus tillilarga tegishli bo‘lmasa…

O‘z ma'ruzasi faqat o‘zbeklarga taalluqli ekani haqidagi Yunusobod imomining yana bir iddaosi odamlarni yana ham ko‘proq taajublantiradi.

«Rus tillilarga tegishli emas bu gap», – degan edi jumladan imom o‘zining 7 aprel kuni chiqishida.

Nahotki endi zamonaviy meditsina bemorlarni nafaqat jinsi, balki tiliga qarab bir nechta guruhlarga ajratishi kerak bo‘lsa.

Imomning tibbiyotga seksizm qahrabosi orqali qarashi – ya'ni bemorlarni jinsiy alomatiga ko‘ra ajratishi, buning ustiga millatiga ko‘ra bo‘lishi, jamiyatda yangi jiddiy muammolar tug‘dirmaydimi?

Boshqa tomondan esa bu, milliy an'analar haqidagi gaplarga ishonib, sal bo‘lmasa o‘z qaylig‘idan ajralib qolayozgan «Kavkaz asirasi» filmi qahramoni holati kabi kulgilidir.

Ayni absurd holatlar Eltuzning bir minutlik ijtimoiy videosiga jamlandi.

Video: https://youtu.be/KZWyyvHNxew

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 may 2019
Rasmiy taqdimoti o‘tkazilmagan bu klipda Sherali Jo‘raev sovet yuqori nomenklaturasining sevimli ulovi bo‘lgan “Chayka” avtomobilini ëlg‘iz boshqargani aks ettiriladi. ...
30 november 2016
Bir guruh o‘zbek faollari Telekommunikatsiya sektoridagi korruptsion sxemalar yordamida to‘plangan aktivlarning musodara qilinishi va korruptsiya jabrdiydalariga qaytarilishi lozimligi haqida ...
19 april 2020
Bahodir Sodiqov 1959 yilning 19 aprelida Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida o‘qib ...
10 january 2023
Rassom Tuz @eltuz
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...