Video
18 may 2017

O‘zbek olimi General Do‘stimga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi (video)

Britaniyada yashayotgan, 69 yoshn o‘zbek professori Ahmad Hoji Xorazmiy bir soatlik qo‘shiqlari dastasini yutub kanaliga qo‘ydi.

Dam tor, dam gitara cholg‘usida kuylagan qo‘shiqlarida olim Afg‘onistonda jang qilayotgan general Abdurashid Do‘stim, hind aktyori Radj Kapur, marhum rus qo‘shiqchisi Vladimir Visotskiy haqida kuyladi.

Shuningdek, Xorazm musiqa ohanglarida u ingliz, ispan, arab, hindu, fors va rus tillarida ham kuylashga harakat qildi.

Muhlislaridan Ahmad Xorazmiy o‘z qo‘shiqlarini oddiy bir san'atsevarning primitiv usulda tayyorlagan hirgoyilari sifatida qabul qilishlarini so‘raydi.

Eltuz nashri e'tiboringizga ayni hirgoyi parchalaridan tuzilgan bir minutlik videolavhani taqdim qiladi.

Ahmad hoji Xorazmiy (Ahmad Hasanov) O‘zbekistonga kirishiga rasman taqiq qo‘yilgan olim.

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori¸ O‘zbekiston fanlar akademiyasining sobiq a'zosi, professor Ahmad hoji Xorazmiy Xorazm viloyat hokimligi agrosanaot majmuasida va boshqa hukumat tizimlarida ishlagan.

2005 yili ishdan bo‘shatilganida, norozilik piketlari o‘tkazib, ishga tiklanish maqsadida tadbirlar o‘tkazgani va tazyiqlarga uchragani ortidan o‘sha yilning o‘zida Britaniyadan boshpana olgan.

Karimov o‘limidan keyin olim O‘zbekistondagi o‘zgarishlardan umidvor bo‘lib Shavkat Mirziëev nomiga maktub ëzdi.

Maktubda u, O‘zbekistonga safar qilib, yaqinlari bilan ko‘rishib qaytishga imkon berishini so‘ragan edi.

Ahmad hoji Xorazmiyning Bosh vazir virtual qabulxonasidan olgan javob xatida “Sizga O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-qarorining 19 moddasi asosida ya'ni “milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta'minlash manfaatlari yo‘lida” O‘zbekiston republikasiga kelishingiz rad qilinadi, deb ëzilgan.

Bundan oldin ayni mazmundagi rad javobi ëzilgan maktub olimning Xorazm viloyatida istiqomat qiladigan o‘g‘li Oybekka viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sa'dullaev imzosi bilan kelgan edi.

Video: https://youtu.be/PUnoU5dxc3A

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 december 2015
Yangi raxbar: «Tralli vallini yig‘ishtirib hammangiz IShIDga qarshi qo‘shiq aytasizlar!» Rassom: Tuz Eltuz.com
10 december 2025
«ERK» PARTIYaSI Nihoyat, 1990 yil fevral oyida sof siyosiy maqsad tashigan ilk tashkilot qurildi. Bu «Erk» partiyasi edi. Bu ...
3 february 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydiMS: Odom odom bilan uchrashadi. Lekin ...
5 august 2020
Mirziyoev boshqaruvida tashqi siyosatda, bir tomondan, Rossiya va uning geosiyosati bilan bog‘liq munosabatlardagi milliy manfaatlar borasida ko‘pchilik noroziligiga sabab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...