Asosiy mavzular
5 june 2017

“Sultonimiz omon bo‘lsin!” qo‘shig‘i taqiqlandi

«O‘zbekkontsert» birlashmasida prezident devonidan kelgan vakil ishtirokida o‘tkazilgan shoshilinch yig‘ilishda ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan “Sultonimiz omon bo‘lsin!” qo‘shig‘i keskin qoralandi.

Dilfuza Ismoilova. Majlisdan olingan surat

Eltuz nashri bundan oldin o‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilovaning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevga qo‘shiq ijtimoiy tarmoq yuzerlari hazil mazaxiga sabab bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ayni qo‘shiq rasmiylar tomonidan tanqid qilingan majlisdan yozib olingan videoni Sayyod nashri 3 iyun kuni e'lon qildi.

Mamlakatda nomi chiqqan xonanda va prodyusserlar chaqirilgan yig‘ilish «Qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik san'atkorlarning asosiy fazilatiga aylansin» degan nom ostida bo‘lib o‘tgan.

“Sen o‘zing siyosatni tushunmasang, mamlakatda bo‘layotgan isloxotlarning mazmun mohiyatini bilmasang, nima qilasan siyosat xaqida ashula aytib? She'r deb bo‘lmaydi yozgan she'rini. Adabiyotning ostonasiga endi kirib kelgan odam ham bunaqa she'r yozmaydi!” degan majlisda O‘zbekiston prezidenti devonining vakili.

3 iyun kuni o‘tgan majlisda prezident devoni vakili nutq so‘zlayapti

Shuningdek, prezident idorasi vakili, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar va siyosat haqida qo‘shiq aytish taqiqlanmagani, lekin shu xaqda qo‘shiq aytmoqchi bo‘lgan odam, avvalo, rahbarlar bilan maslaxat qilishi kerakligini urg‘ulagan.

«O‘zbekkontsert» davlat muasssasasi direktori Azamat Haydarov esa o‘z so‘zida, “ramkadan” chiqqan san'atkorlarni taqiqlash siyosati davom etishini aytdi.

“Xurmatli xonandalar, xalqimizda hamma o‘z ishini qilsin, degan gap bor. Siyosatchi siyosat bilan, dehqon dehqonchiligi bilan» dedi qat'iy ohangda ashulachilarning yangi idorasiga raxbar bo‘lib kelgan eski amaldor.

Haydarov o‘z nutqida shuningdek, «chala shoirlarga she'r buyurtma qilib», davlat rahbari faoliyati bilan bog‘liq narsalarni kliplarga montaj qilish, hech qanday yaxshilikka olib kelmasligi haqida, ularning taqiqlash haqida gapirgan.

Suratda: Minhojiddin Hojimatov, madaniyat vaziri o‘rinbosari

«Mana shu ishni qilganlarning taqdiri nima bilan tugadi, o‘zlaringiz ko‘rdinglar. Sahnani sog‘inganlar qanaqa ahvolga tushdi? Qancha yillar sahnaga chiqa olmay yurdi. Mana shular bizga saboq bo‘lishi kerak, dars bo‘lishi kerak. Ko‘z o‘ngimizda bo‘ldi shu narsalar. Boshqa mamlakatlarni maqtashlar, ayrim narsalarga uchib, O‘zbekistonni unutib qo‘yishlar. Mana shu narsalar taqiqlanadi, chek qo‘yamiz!” dedi o‘z nutqida «O‘zbekkontsert» davlat muasssasasiga direktori Azamat Haydarov.Yig‘ilish o‘tayotgan zalning eng chetida, xammaning ortida o‘tirgan qo‘shiqchi Dilfuza Ismoilovaga so‘z berilmagan.

Shu yig‘inda qatnashgan xonandalarning birini aytishicha, tez kunlarda Dilfuza Ismoilova lintsenziyasidan mahrum etilishi mumkin.

Yig‘ilishda, “To‘y xizmatini davlat tadbiridan ustun qo‘ygan ba'zi san'atkorlar” ham qattiq tanqid qilindi.

“Kontsertga so‘rapti, xudo ko‘rsatmasin, og‘ir kuniga so‘rasa, demak bir minut ham turmas ekanda u odam! Bir postni unga topshiradigan bo‘lsa demak unga ishonib bo‘lmas ekanda! Bu yerda gap egasini topadi. Iltimos qilaman sizlardan, halqning mehri, halqning g‘azabi bu muqaddas narsa bu.

O‘nglana olmaydi! Har qancha harakat qilsin, o‘nglana olmaydi! Bizga xalqni sevadigan, Vatanga, kerak bo‘lsa turib beradigan, to‘yiga ishonchini almashtirib ketadigan emas, asl san'atkorlar kerak!” dedi yig‘ilishda qatnashgan O‘zbekiston respublikasi prezidenti devonining vakili.

Bundan ilgari qo‘shiqchi Dilfuza Ismoilovaning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga bag‘ishlab aytgan qo‘shig‘i internetning o‘zbek segmentida katta bahs, munozaralarni uyg‘otgan edi.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 march 2017
Ichki ishlar organlari davlat boshqaruv hokimiyatining eng katta organi hisoblanadi. Shunga qaramay, uning faoliyati mustaqillik e'lon qilingandan keyin qisqa ...
15 may 2018
Toshkentlik turkshunos olim Andrey Kubatinga o‘tgan yilning dekabrida Harbiy sud tomonidan berilgan 11 yillik muddat, yaqinda besh yilga tushirildi. ...
25 march 2024
O‘zbekistonlik xudkush hujumchi o‘zini Qandaxordagi Bank yaqinida portlatib yuborgani haqida Rossiya nashrlari xabar bermoqda. Asli o‘zbekistonlik xudkush-terrorchi Asadbek Madiyarov ...
28 july 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...