Video
15 july 2017

Rashid Shadat: Film taqiqlansa, qaytanga uning tomoshabini ko‘paymaydimi?

Londonda yashovchi o‘zbek akteri, 42 yosh Rashid Shadat (Abdurashid Shodiev) O‘zbekistonda taqiqqa uchragan filmlar yuzasidan Eltuz muxbiriga intervyu berdi. Foto: Rashid Shadat «Mumiyo» kinosini suratga olish jarayonida
 
12 iyul kuni Axborot va kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekistonda taqiqlangan 225 film ro‘yhatini e'lon qildi.

Mamlakatga olib kirish, nusxa ko‘chirish va tarqatish tavsiya qilinmaydigan bu filmlarda, ekspertlar komissiyasiga ko‘ra, zo‘rovonlik yoki jinsiy buzuqlik sahnalari aks etgan.

«Tomoshabin o‘zi tanlashi kerak qaysi kinoni ko‘rishni» dedi Shadat Eltuz muxbiri bilan suhbatda.

2013 yili «Yurduzlar janggi» filmida ishtiroki bilan kar'erasini boshlagan toshkentlik akter Rashid Shadat, bu yil ham ikkita katta film – «Mo‘'jiza ayol» (Wonder woman), va «Mumiyo» (The Mummy) filmlarida ishtirok etdi.

O‘zbekistonda taqiqlangan filmlar ro‘yhatiga bu yil chiqarilgan filmlar kirmagan.

Kanadada yashovchi jurnalist Ulug‘bek Ashurga ko‘ra, ayni «Mumiyo» filmi qo‘rqinchli janrda olingani uchun o‘zbek tsenzurasi chekloviga tushishi mumkin.

Shadatning Eltuzga bildirishicha, taqiqlab, yana bu ro‘yxatini chiqarib qo‘yish – filmlarga katta bir reklamaday ta'sir qiladi.

Ularni bugungi kunda Internetdan qidirib topish, o‘zbek yoshlari uchun hech qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Video: https://youtu.be/jL2BuKh_r-o

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 june 2017
Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 6 iyun kuni UZ24 nashri xabar berdi. Xabarlarda ...
21 june 2020
Bugun O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni sifatida nishonlanishi kerak. Chunki bundan 30 yil burun, 1990 yil 20 iyun kuni ...
5 august 2016
O‘zbekiston MXX raisi 72 yashar general Rustam Inoyatov 1995 yildan beri respublikani kuchli nazorat ostida tutib keladi¸ Rassom Tuz ...
31 october 2025
Turkiyaning Oqdengiz bo‘lgasida yaqin do‘stim yashaydi. Zo‘r yigit. Palovni qo‘lda yeydi, ichsa faqat Absolyut vodkani ichiga muz solmay ichadi. Saylov ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...