Asosiy mavzular
21 november 2017

Sovetlarni ulug‘lagan Rashidov kitobi Stokgolmda taqdim qilindi (video)

17-20 noyabr kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida VI Yevroosiyo adabiyoti festivali bo‘lib o‘tdi.

Postsovet davlatlar, jumladan, o‘zbekistonlik yozuvchilarning asarlari taqdim etilgan bu yilgi tadbirga Sharof Rashidov nomi berildi.

Festival tashkilotchisi, markazi Londonda joylashgan Yevroosiyo ijodiy gildiyasi raisi Marat Ahmedjonov «Eltuz» muxbiriga tadbirdan siyosiy maqsadni ko‘zlamaganini bildirdi.

Biroq to‘rt kun davomida kasaba uyushmalariga tegishli kichikroq zallarda o‘tgan tadbirga shved hukumatining uncha ro‘yxush bermagani sezildi.

«Birdaniga uchta tashkilot, jumladan, Nobel jamg‘armasi oldingi kelishuvni bekor qildi, diktatorlik tuzumlarini dastaklayotganimizni aytishdi», dedi u.

Biroq aksariyat kuzatuvchilar bunday tadbirlarning G‘arb o‘quvchisiga noma'lum qolayotgan o‘zbek yozuvchilari uchun, ayniqsa, muhimligini ta'kidlamoqda

Festival ishtirokchilariga Yevropada kitob chiqarish va tarqatish imkoniyatlari haqida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Kitoblari taqdim qilingan aksariyat o‘zbekistonliklar, jumladan, iste'dodli adib Isajon Sulton va o‘tgan yilgi festival g‘olibi Raim Farhodiy turli sabablarga ko‘ra tadbirda qatnasha olishgani yo‘q.

Video: https://youtu.be/0Tbl1EUj2EQ

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 june 2025
«Ishonch» fondi atrofidagi savollar Toshkentlik faol Irina Matvienko, «Ishonch» jamg‘armasi huzuridagi fuqarolik jamiyati Maslaxat kengashi a'zosi sifatida, yaqinda muhim ...
3 may 2021
3 may kuni taniqli huquq faoli Sur'at Ikromov 76 yoshida Toshkentda vafot etdi. U umrining 20 yilini siyosiy va ...
11 march 2021
11 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudida bloger Otabek Sattoriy ustidan sud boshlandi. Sattoriy tovlamachilik, tuhmat va ...
25 july 2016
XIV asr oëqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “ë Ollox do‘st, ë Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...