Asosiy mavzular
27 november 2025

27 noyabr – Turkiston muxtoriyati tuzilgan kun

Rossiyaning mustamlakachilik siyosati ta'siri ostidagi O‘zbekistonning bugungi hukumati Turkiston muxtoriyati tuzilgan sanani atay unutishga intilib keladi va bu sana mamlakatda nishonlanmaydi.

1917 yilning 27 noyabrida Umumturkiston musulmonlarining IV qurultoyida Turkiston muxtoriyati tashkil topdi. 200 delegat ishtirokida o‘tgan qurultoyda yangi hukumatning 12 vakildan iborat qonunchilik va ijro hokimiyati tuzildi.

Jumladan, Muhammadjon Tinishboev muxtoriyat raisi, Sulton Shoahmedov rais o‘rinbosari, Mustafo Cho‘qay tashqi ishlar vaziri etib saylandi.

Mustafo Cho‘qay
Turkiston muxtoriyati prezidenti

Turkiston muxtoriyati sekulyar, ya'ni dunëviy davlat printsiplari asosida tuzilgan edi.

Muxtoriyatning uch oylik faoliyati davomida qadimchilarning jadidlarga qarshi oëqlangani bolsheviklarga qo‘l keldi. Jumladan, eski tuzum tarafdori bo‘lgan Sho‘roi ulamo vakillari muxtoriyat tarkibiga kirishdan bosh tortishdi.

1917 yilning dekabrida Tinishboev iste'foga chiqdi va raislikka Mustafo Cho‘qay saylandi.

Mustafo Cho‘qay Turkistonning «yakson qiluvchi sovetlar ta'siri» ostida qolishini istamadi. 1918 yilning yanvariga kelib covetlar hokimiyatini tan olishdan bosh tortdi.

Shundan keyin Turkiston muxtoriyatini yo‘q qilish uchun Moskvadan Konstantin Osipov boshchiligida 11 eshelondan iborat harbiylar va zambaraklar jo‘natildi.

Jazo otryadiga dashnoqlar armiyasi qo‘shildi. Rus agressiyasi natijasida muxtoriyat tor-mor qilindi. Mustaqillik uchun kurashgan o‘n minglab odamlar halok bo‘ladi.

Urushda, ayniqsa, dashnoqlarning alohida vahshiyliklar sodir etgani tilga olinadi.

Shundan so‘ng Mustafo Cho‘qay Oqto‘ba orqali Ural cho‘llariga qochadi. Alash o‘rda tashkilotiga qo‘shilib, siyosiy kurashni davom ettiradi.

Turkiston muxtoriyati fevral inqilobidan so‘ng demokratik taraqqiyot yo‘lida bugungi Turkiston, jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston hududlarini birlashtirgan ilk demokratik hokimiyat tuzilmasi bo‘lgani aytiladi.

Ayrim manbalarda Turkiston muxtoriyati Qo‘qon muxtoriyati deb ham yuritiladi.

Video: https://youtu.be/4_3Ox1TxjBE

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 december 2015
Rossiyaning Krasnodar shahrida baland qavatli uy qurilishida ishlayotgan 30 yashar o‘zbek yigit 18 qavatdan yiqilib o‘ldi. Eltuz.com
14 december 2025
Bild nashrining yozishicha, gap uch nafar marokashlik, bir nafar misrlik va bir nafar suriyalik haqida ketmoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ...
1 february 2023
Toshkentning Yangixayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz uyidan 20 metr uzoqlikda o‘lik holda topildi. Bu haqda UzNews.uz'ga vaziyatdan ...
18 july 2025
17 iyul kuni, soat 13:00 da Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniev onlayn majlis o‘tkazdi.  Majlis mavzusi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...