ART-DURBIN
27 january 2018

Imom Buxoriy filmi muallifiga O‘zbekiston vatandoshligi berildi

“Imom al-Buxoriy” va “Buyuk Amir Temur” kabi filmlarni suratga olgan taniqli kinochi Baqo Sodiqov prezident farmoni bilan O‘zbekiston vatandoshi bo‘ldi.

76 yashar Sodiqov yaqinlarining “Eltuz” muxbiriga aytishicha, kinochiga pasport 26 yanvar kuni topshirilgan. O‘sha kuni Baqoev doxil 26 kishiga O‘zbekiston vatandoshligi berildi.

Baqo Sodiqov 1941 yil 13 iyulda O‘zbekistonning Buxoro viloyatida tug‘ilgan.

Sovet davridaëq ko‘pgina kinolar suratga olgan Baqo Sodiqov 1993 yildan beri O‘zbekistonda fuqaroligi yo‘q shaxs sifatida yashab keladi.

Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan Sodiqovning 1977 yili suratga olgan “Adonis – XIV” filmi 1986 yilda Berlin kinofestivali bosh sovrinini olgan edi. Film qo‘ylarni qassobxonaga yetaklab borib, o‘zi qutulib qoladigan taka haqida hikoya qiladi. Sinchilarga ko‘ra, film KGB chaqimchilari haqida majoz tili bilan hikoya qilgan.

Toshkent kinomaktabi vakili bo‘lgan Baqo Sodiqov bir muddat “Tojikfilm” studiyasida faoliyat ko‘rsatdi. Tojikiston SSR san'at arbobi va Rudakiy mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

To‘qsoninchi yillarda Tojikistonda yuz bergan urush davrida Baqoev bir tarafdan millatchilar ikkinchi tarafdan diniy ekstremistlar nafratiga nishon bo‘ldi. Buning ortidan Sodiqov O‘zbekistonga qaytib ijod qilishni ma'qul ko‘rdi.

Baqo Sodiqov o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik kinematograflar bilan hamkorlikda bir nechta filmlar suratga olgan. Bu filmlar orasida “Josus”, “Orol”, “Imom al-Buxoriy” va “Buyuk Amir Temur” filmlari bor.

Akmal Rizaev
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 august 2018
Hukumatning ko‘ngilochar maskanlarga reydlari ortidan o‘zbek matbuotida «tungi klublar»larni yomonotliq qilish avj oldi. Ayni tendentsiyadagi ko‘rsatuvlarni «Yoshlar» telekanali uzatdi. ...
27 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 52-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) Musulmonlarning joriy fojiasi islomga qattiq ...
4 october 2023
Etnomillatchi avom Xilton mehmonxonasidagi haykalni urkaltak sazoyi qilib ëtibdi. Sababi: Haykaldagi o‘zbek egilib turibdi ekan. Iddao: O‘zbek egilmasmish! Bu ...
1 april 2025
Abu-Dabi federal apellyatsiya sudi Davlat xavfsizlik palatasi Moldova-Isroil fuqarosi Tsvi Koganni o‘g‘irlash va o‘ldirishda ayblangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...