Catira
4 october 2023

Rassom Tuz: Egilgan o‘zbek haykali haqida

Etnomillatchi avom Xilton mehmonxonasidagi haykalni urkaltak sazoyi qilib ëtibdi. Sababi: Haykaldagi o‘zbek egilib turibdi ekan. Iddao: O‘zbek egilmasmish!

Bu gapni Kaufman etigini o‘pkan, Stalinga sig‘inib, Karimov mozorini yalab-yulqab ëtgan to‘da vakillari aytyapti.»Egilgan boshni qilich kesmas, » degan maqol mansubi bo‘lganlar aytayapti. To‘ylarda kelinlarga «Egilib, bukilib salom» berdiradigan demode urodlar aytmoqda. Salimboy kavushini tozalab, egilib turishni sharaf deb biladiganlar aytmoqda.

Ularga haykalga «do‘ppi» kiydirilgani ëqmabdi. Birinchidan bunday do‘ppini tojiklar ham kiyadi. Chust aholisi aksar tojik. Millatga nomi berilgan qo‘ng‘irot, mang‘it ëki boshqa o‘zbeklar gulli gilam do‘ppi kiygan.

Bu johillar haykaltaroshlik san'ati nimaligidan bexabar. Dunë ilmidan mosuvo qolib maktabda inshodan besh olgan soxta ziëlilar.

Jimish!!! Tek o‘tirish!!! San'at asariga osilishma. Basharang qiyshiq bo‘lsa ko‘zgudan o‘pkalashma, ipirisqilar.

Dunëga qul yetkazib beruvchi rekord qirganlarning surati egilgan odam shaklida bo‘ladi. Yaqinda bir kelin ajrashib qaytib keldi. Umraga borib kelgan qaynona har kuni oëg‘ini o‘ptirganidan bezor bo‘lib qaytib keldi.

Oëq o‘pish, etak o‘pish, patinka yalash, tiz cho‘kish, to‘nqayishdan boshqa bir ishga keyingi 200 yilda yaramagan to‘daga jim turish yarashadi.

Narxing shu! Boring, koring shu!!! O‘zim – kal, ko‘nglim – nozik deganing bilan majruhlik kompleksidan tuzalib ketishmaysan.

Dilpuzni aytishicha, Xilton mehmonxonasida kimdir egilib turgan dekorativ haykalga prikol uchun do‘ppi kiydirib, rasmga olib, do‘stlariga jo‘natgan. Keyin esa Bobojonovning mirshablari kosmik tezlikda harakat qiib «jinoyatchi hazilkash», ni topib, 15 sutkaga qamashibdi.

Bu «jazo» – sudlov tizimida ishlaydigan vaqtida pora bilan o‘qishga kirgan huquqiy savodsiz jinni sudyalar uchun diganoz.

Tarmoq shovqinidan qo‘rqib, talmovsirab qolgan Ichki ishlar tizimi uchun esa – sharmandalik.
Yangi O‘zbekiston peshtoqiga «jinnixona» deb ësa biram yarashib turadi.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
9 march 2020
1965 yilning 8 marti. “Xorazm haqiqati” gazetasining birinchi varag‘ida oq xalat kiygan vrach aëlning yangi tug‘ilgan chaqaloqni osmonga ko‘tarib ...
8 july 2016
Toshkentdagi Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosini ta'mirlash bahonasida vayron qiliniyotgani ijtimoiy tarmoqda baxslarga ...
28 november 2025
TINTUV, AYBLOVLAR VA MANBALAR TILGA OLAYoTGAN BAHSLI HOLATLAR 26 noyabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan bloger Sanjarbek Karimov ...
28 december 2025
Reuters agentligining MAGATEga tayanib xabar berishicha, Rossiya va Ukraina Zaporoje AES hududida elektr uzatish tarmoqlarini ta'mirlash uchun mahalliy o‘t ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...