Asosiy mavzular
9 february 2018

Mirziyoev MXX rahbarlarini «sotqin va g‘o‘daygan itlar» deb atadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimligi binosida o‘tgan viloyat faollari yig‘ilishida ko‘plab MXX xodimlarini ishdan haydagani haqida g‘azab bilan gapirdi.

«Mana, men bugun Boysun milliy xavfsizlik melisasi mayor Eshquvvatov Sunnatullo Ravshanovich degan g‘o‘ddaygan itni ishdan oldirdim», deb boshlanadi «Eltuz» nashriga bugun kelib tushgan audioyozuv.

Yig‘ilishda Mirziyoev viloyatdagi ayrim MXX xodimlarini o‘z haddidan oshgan davlat sotqinlari, deb ataydi. Jumladan, Angor tumani milliy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Abdurahimov Bahrom, MXX tergovchisi, adliya kapitani Berdimuhammedovni ishdan olishga qaror berganini bildiradi:

«Polkovnik Haydarov «zamestitel nachalnik otdela VMSGP» deb yozadi, hammasi sotqin o‘zi bular. Men bugun hammasini ishdan oldim!»

Yig‘ilishda u o‘z odati bo‘yicha mulozimlarini bitta-bitta o‘rnidan turg‘azib, MXXni tozalash bo‘yicha topshiriqlar beradi. Mulozimlar esa, «Tak tochno!», «Yest!» kabi eski KGB ishoratlari bilan javob berishadi.

Yig‘ilishda Mirziyoev, jumladan, MXXning general lavozimidagi uchta muovinini ishdan bo‘shatganini aytgan. MXX raisi o‘rinbosari bo‘lgan Shuhrat G‘ulomovni qamoqqa olganini aytib: «Sizlarda ishlab ketgan bitta noinsof, vatan xiyonatchisi bo‘lib, mana butun umr qamoqqa tushdi G‘ulomov degan noinsof», deydi.

Mirziyoev, shuningdek, viloyatdagi MXX rahbarlarini poraxo‘rlikda va boshqa sharmandali ishlarda ayblaydi.

«Bu o‘sha, oldingi sotqinlar, bir-ikkitasi Toshkentda yuribdi, ertaga borib, ularni ham ishdan olaman!» deydi prezident.

Ushbu yig‘ilishdan ko‘p o‘tmay, 31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Inoyatovni ishdan bo‘shatgandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilingandi.

Video: https://youtu.be/Z6KljdLpAMk

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 november 2025
Farg‘onada jinoyatchilikka moyilligi sabab tekshirilgan fuqarolarning uyidan 16 kilodan ortiq narkotik topildi. Tadbir davomida jami 138 dona kuchli ta'sir ...
10 may 2017
Andijon viloyatidagi tuman maktablari xodimlari yo‘l bo‘yida joylashgan aholi xonadonlarini tozalashga biriktirilgan. O‘qituvchilarning ma'lumot berishicha, bu yumushlarning barchasi xokimiyat ...
27 november 2018
O‘zbekistonning bosh rasmiy huquq himoyachisi Akmal Saidov hozir ancha o‘zgargan. Mamlakat Inson huquqlari milliy markaziy rahbari sohada ko‘tarilgan og‘riqli ...
19 september 2025
Xorazm viloyati Xazorasp tumani fermerlari ayni paxta terim mavsumida lo‘kkillab hokimlik majlislariga qatnab yuribdi. Har bir fermerga hokim yordamchisi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...