Asosiy mavzular
23 march 2018

Navro‘zga Stokholmda qozoq jamoasi mezbonlik qildi

Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmda 21 mart kuni qozoq, turk, eron, o‘zbek, uyg‘ur diasporasi vakillari Navro‘z bayramini nishonlashdi.

Navro‘z tadbiriga mezbonlik qilgan Stokgolmdagi «Abay» qozoq madaniy markazi raxbari Gulmira Asilbekova 2018 yilning elbasi tomonidan O‘zbekiston yili deya atalishi bejiz emasligini aytadi.

«Chunki O‘zbekiston bizning qadosh, yon qo‘shnimiz» dedi Asilbekova «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda

Navro‘zni Qozog‘istonlik raqqosa Ulbola Ermuxammedova nafaqat qozoq, uyg‘ur, balki o‘zbek raqslari bilan ham qizdirdi.

Bayramga kelgan mehmonlar alohida zalda bo‘g‘irsoq, qimiz, talqon kabi qozoq taomlaridan ham tatib ko‘rishdi. Ularning ayrimlarini, tayyorlash usuli zalda namoyish qilib ko‘rsatildi.

Kontsertni yaqinda Frantsiyada kontsert berib qaytgan taniqli eronlik xonanda Rustam Mir Loshariy guruhi davom ettirdi.

Navro‘z tadbirida qatnashish uchun Shvetsiyaga kelgan Qozog‘iston opera va balet teatri artisti Erlan Jandarbay ham bu yilning mamlakatda O‘zbekistonga bag‘ishlanishini tug‘ishganlik, qardoshlik belgisi deb bilishini aytadi.

«Elboshining bu yilning O‘zbekistonga bag‘ishlash qarori zamirida turkiy tillik xalqlarni birlashtirish g‘oyasi yotadi», deydi Erlan Jandarbay.

Tadbir kontserti belgilangan kichikroq ofis zali mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi.

Tadbir tashkilotchilari «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda avvaliga kattaroq zalni mo‘ljallashgani, biroq Shvetsiyada bayramning ish kuniga to‘g‘ri kelgani bois ko‘pchilik qatnasha olmasligidan kelib chiqib, kichikroq zallarni olishganini aytishdi.

Tadbirga kelgan Shvetsiyadagi turkman diasporasi vakili, taniqli yozuvchi Oq Muhammad Velsapar «Eltuz» muxbiriga Turmanistonda ham Navro‘z qadimdan nishonlanib kelingani va saqlangan ayrim an'analar haqida so‘zlab berdi…

Uning so‘zlariga ko‘ra, uning yoshligida kattalar uchun alohida kattaroq, kichik bolalar uchun kichikroq gulxanlar yoqishgan, odamlar olov ustidan sakrab o‘z kuchini namoyish etishgan.

Shvetsiyadagi o‘zbek diasporasi vakili Go‘zal Sherikboeva qozoqlarning faolligiga havas qilganini yashirmadi, shunday tadbirlar millatni, xalqni birlashtirishga xizmat qiladi, dedi u «Eltuz» muxbiriga.

Turkman va o‘zbek diasporasidan farqli, Shvetsiyadagi qozoq jamoasi Gulmira Asilbekova so‘zlariga ko‘ra Qozog‘iston hukumati tomonidan ham rag‘batlantirib kelinadi. Bayram so‘nggida «Abay» markazi vakillari tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari ulashdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 january 2019
Turk ëzuvchisi Aziz Nesin va rus ëzuvchisi Anton Chexovga taqlidan va bo‘lgan voqeaga asoslanib ëzilgan «hikoya» Bu hikoya yana ...
9 february 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatining Qarshi tumanidan. 2 ming aholi yashaydigan mahallada ...
24 october 2025
O‘g‘iz Gulnorning gaplariga kulok soldi: – Sen ketganingdan so‘ng ko‘p narsa o‘zgardi. Men xom meva edim, pishdim. Polopon qushcha ...
15 february 2021
Voqea bizning kunlarda bo‘lib o‘tadi. Farhod 18 ëshda. U sevgiga mushtoq. Ma'naviyatsiz sinfdoshlari telefonda hard porno ko‘rib o‘tirishganida Farhod ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...