Asosiy mavzular
19 april 2018

O‘zbek aëli kalish ichida 5000 quti sigaretni Turkiyaga olib kirishga urindi

Istanbuldagi Otaturk aeroportiga Toshkentdan uchib kelgan o‘rta ëshdagi o‘rangan o‘zbek aëli 5000 quti sigaretani yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lganida bojgirlar qo‘liga tushdi.

O‘zbek aëlining shuncha sigaretani o‘z bagajiga yashirgani kontrabanda mollarga o‘rganib qolgan tajribali turk bojgirlarini ham hayratga soldi.

Turk politsiyachilaridan ba'zilari sigareta mohirona yashirilganidan zavqlanib kulishdi. Sigaretalar o‘zbek vatandoshlarining sevimli oëq kiyimi bo‘lgan kalishlar ichiga bekitilgan edi. Bundan tashqari, sut bidonlari, termos va konfet qutilarining ichiga ham sigaretlar yashirilgan edi.

Katta qilib ëpilgan samarqandcha nonlarning orasi ham sigaretlar bilan to‘la edi.

Turk politsiyalari o‘zbek aëlidan musodara qilgan sigaretalarni taxlab, ulkan devor yasashdi.

Turk politsiya xodimining «Eltuz» muxbiriga aytishicha, kontrabanda sigaretalarning O‘zbekistondan kelishi to‘xtamayapti.

“Kimdir Toshkentdagi bojxona hodimlari bilan til biriktirib, sigaret kontrabandasini konveyer uslubida tashkil qilgan“, deydi Otaturk aeroportida «Eltuz» muxbiri gaplashgan politsiya hodimi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 october 2023
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi TV katta muharriri Muhiddin Sulaymonov Gitler fashizmi tarafdori ekanligini ëzib chiqdi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Gitler ...
24 november 2020
Rassom Tuz karikaturasi
6 october 2025
Axmad Beyjon Erjilasun Eshik takilladi. “Nega buncha qattiq urishadi”, deb o‘yladi Gulnor va eshikni ochdi. Ostonada Korlig‘ashev turardi. Sochlari ...
13 november 2023
Yana o‘sha eski tirmog‘ichga qoqilish. Markaziy bank milliy valyuta konvertatsiyasini cheklash bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbusning O‘zbekistonga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...