Asosiy mavzular
13 july 2018

Talabalari kaltaklagan domla prezidentdan najot kutmoqda

Namangan muhandislik texnologiya institutining sobiq domlasi, talabalari tomonidan kaltaklanganini aytayotgan Sirojiddin Ashurov jinoyatchilar tegishli jazoni olishida prezidentdan najot kutmoqda.

Besh yildan buyon adolat qaror topishi uchun kurashayotgan o‘qituvchi o‘z niyatiga yeta olmagani sababli prezidentga videomurojaat yo‘lladi.

Sirojiddin Ashurov 1950 yilda tug‘ilgan. Hozir pensiyada. 30 yildan ortiq davr mobaynida Namangandagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritgan. Oxirgi 15-20 yil davomida Namangan muhandislik texnologiya institutida ishlagan.

“Sinov va imtihonlar qabul qilgandan so‘ng ishdan uyga qaytayotgan edim. Bu kechki 8:30 lar atrofida edi. Menga orqa tomondan bir necha talaba hujum qildi. Ular to‘mtoq jism bilan urib boshimni yorishdi. Keyin esa 15 minut kaltaklashdi. So‘ng nimadandir qo‘rqib qochib ketishdi”, deb voqeani bayon qiladi S.Ashurov.

Aytishicha, u o‘zini kaltaklagan talabalarni tanigan. Ularning asosiylari Egamberdiev Bobur, Umurzoqov Akmal va Sultonov G‘ulom bo‘lgan. Usmonov Sherzod, Nazarov Farhod va boshqalar ularga yordam bergan.

Domlaning so‘zlariga qaraganda, ular dars qoldiradigan, intizomsiz talabalardir. S.Ashurov bu talabalarga asosli ravishda sinov va imtihonlardan baho qo‘ymagan.

“Shuning uchun meni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi, suiqasd qilishdi. Ular meni o‘yindan chiqarib, institutdan tegishli qoniqarli baholarni mensiz olmoqchi bo‘lishdi”, deydi sobiq o‘qituvchi.

S.Ashurovning ma'lum qilishicha, bu jinoyat bo‘yicha tergovda u aytganlarining hammasini isbotlab, asoslab bergan. Shunga qaramay, jinoyatchi talabalar javobgarlikka tortilmagan. Buning ustiga, jinoyat ishi harakatdan to‘xtalgan. Tergovchilar buning sababini jinoyat sodir etilganidan buyon besh yil o‘tgani bilan izohlagan.

“Aslida menga hujum qilganlardan biri Sultonov Akmalning otasi A'zam Sultonov o‘sha vaytda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlardi. Aynan shuning uchun bu jinoyatchilarni jazoga tortishning imkoni hozirgacha bo‘lmay kelyapti”, deya noliydi sobiq o‘qituvchi.

Uning ta'kidlashicha, bu jinoyatda bosqinchilik va talon-taroj, suiqasd alomatlari mavjud. Xususan, hujum qilgan talabalar uning ichida pullar, jurnallar, vedomostlar bo‘lgan papkasini olib ketishgan. Jinoiy guruh bo‘lib o‘ldirishga urinish bo‘lgan. Ammo shu paytgacha tergov bu jihatlarga umuman e'tibor qaratgani yo‘q.

Ish sudgacha ham yetib bormagan. Holbuki, jabrlanuvchi ham mahalliy, ham respublika huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.

Bundan tashqari, mazkur jinoyat sodir etilgan so‘ng S.Ashurov ishdan haydalgan. Bu ish talabalar hech bir qarshiliksiz imtihon va sinovlarni topshirishi uchun uyushtirilgan. Shundan so‘ng bu talabalar diplom himoya qilib, o‘qishni ham tamomlashgan.

“Men sizdan bu ishga shaxsan aralashishingizni so‘rayman.. Chunki shusiz men adolatni qaror toptira olmayaman. Qo‘limdan hech narsa kelmayapti”, deb yakunlaydi o‘z murojaatini talabalari tomonidan kaltaklangan sobiq o‘qituvchi.

Tag‘in o‘qing
3 october 2018
O‘zbekiston prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari, prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Eltuz” bilan ...
28 february 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisi, qo‘li uzun Rustam Inoyatovning o‘g‘liga tegishli ko‘chmas mulklar haqida Open Source Investigations (OSI) ...
7 november 2017
2017 yilning 3 noyabrida huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Andijon viloyatining Baliqchi tumani paxta dalalarida bo‘lib, o‘qituvchilarining nazorati ostida paxta ...
23 february 2025
«Biz haqda» tekinga maqola ëzildi Odatda dunë yetakchi matbuoti O‘zbekiston haqida ëzar ekan maqola tagida maxsus belgini ko‘ramiz. Bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...