Asosiy mavzular
9 october 2018

Suriyadagi janglarda Rossiya yollagan o‘zbek shaxsi ochiqlandi (video)

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya harbiy razvedkasining 206 nafar shtatsiz jangarisi ro‘yxatini ochiqladi. Ular «Vagner» deya atalmish guruh a'zolari bo‘lib, Suriyadagi janglarda ishtirok etishgan. Ular orasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari vatandoshlari ham bor.

Rossiyaning yollagan jangarilari haqidagi ma'lumotni UXX 7 oktyabr kuni ochiqladi. Hisobotda Ukrainaning ikki, O‘zbekistonning bir fuqarosi shaxsiga oid alohida hujjatlar keltirilgan.

Hisobotga kiritilgan qo‘shimcha alohida ma'lumotda «Vagner» guruhiga yollangan O‘zbekiston vatandoshi 30 yashar Mamajonov Dilshod Mashrabjonovich nomi aytiladi.

UXX ma'lumotiga ko‘ra, namanganlik Dilshod Mamajonov fevral oyidagi janglarda og‘ir yarador bo‘lib, Suriyadan Rossiyaga jo‘natilgan.

Ukrainaning «Vagner»ga yollanganlar tarkibidagi ikki vatandoshi oldin Qrim annektsiyasida ishtirok etgan sevastopollik Korolenko Oleg Arkadevich va Oganesyan Roman Grigorevich Suriyadagi janglarda halok bo‘lishgan.

O‘zbek va ukrainlardan tashqari UXX 2018 yilning 7 fevralidagi janglarda halok bo‘lgan uch nafar qirg‘izistonlik, ikki nafar moldovalik, olti nafar rossiyalik, shuningdek, turli darajada yarador bo‘lgan va tirik qolgan Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va boshqa respublikalar vatandoshlari haqidagi ma'lumotlarni ham ochiqladi.

Rossiyaning Suriyadagi jangovar harakatlarida ishtirok etgan, «Vagner»ga yollangan 206 nafar shaxsning to‘liq ro‘yxati UXX saytida e'lon qilingan.

«Vagner» nima degani?

Vagner xususiy xarbiy shirkati Rossiyaning yollanma jangarilardan tarkib topgan harbiy tizilmasidir. U 2013 yili tashkil etilgan bo‘lib, qator «olovli nuqtalar»dagi harakatlarda ishtirok etgan.

Jumladan, «Vagner»ga yollanganlar Donbassda Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida turib urush olib borishgan, Suriyada esa Asad rejimini himoya qilishgan, shuningdek, Sudandagi janglarda qatnashishgan.

Rossiya yollanganlarni rasmiy darajada tan olmaydi. Biroq Rossiya matbuotida ushbu xususiy harbiy shirkat «Vagner» laqabi bilan ko‘proq tanilgan, Rossiya armiyasining iste'fodagi podpolkovnigi Dmitriy Utkinga qarashli harbiy kuchlar sifatida eslanadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 october 2025
Azizlar yaxshi niyat bilan ëstiqday kitob chig‘orish uchun urinib ëtibman. Shu kitob ichiga kiradigan hikoyalardan birini bugun ëzdim. Bir ...
3 december 2025
Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida uchinchi dunyo mamlakatlaridan kelayotgan migrantlar uchun AQSh eshiklarini yopishini ma'lum qildi. Migrantlar «amerikaliklar ...
17 june 2019
Andijon shahri IIB xodimlari qiynagani haqida gapirgan 2-tug‘uruqxona sanitarkasi 10 sutkaga qamaldi. «Ozodlik» radiosining Andijon IIBdan iqtibos keltirib bildirishicha, ...
28 november 2025
Buxoro viloyati hokimining 5 noyabrdan shahar ko‘p kvartirali uylarida isitish mavsumini boshlash to‘g‘risidagi qaroriga qaramay, uylarga issiqlik haliyam yetib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...