Catira
15 march 2019

RTdan va'z: Qozonchining erki bor…

Qozonchining erki bormi? Bu savolga, albatta, «Qozonchining erki bor qaydan quloq chiqarsa», degan maqol bilan javob beramiz. Ammo bu 100 yil oldingi o‘tmishga oid erk. 

Hozir iznsiz qozon yasasangiz, albatta, qamalasiz. Kecha Toshkentning oldi boylaridan bo‘lgan, ko‘p ovqat yeb semirib ketgan bojxona xodimlari qimmat mashinalarda (qaysi puliga olgan, oyligi bor-yo‘g‘i 200 bo‘lsa) kelib, qozon yasaydigan temirchini oëq-qo‘liga kishan solib obketishdi.

Tsexdagi barcha qozonlar va 53,2 million so‘mlik jami 13 tonna alyumin musodara qilindi. Qozonchi balkim yanagi yil amnistiyaga tushib, qamoqdan chiqib, bola-chaqasini boqar. Ammo bojgirlarning boyib ketgani aniq.

Bizga ma'lum bo‘lishicha, bojgirlar musodara qilingan alyuminni Rossiyaga yashirin sotish tizimiga 20 yil oldin asos solishgan. Tak chto‘, nima bo‘lsa, qozonchiga bo‘ldi. Qozonchining erki yo‘q. Qozonchidan farqli, ahmoq odamlarning tiliga erk bermagani ham yaxshi.

Yashaëtganimiz qadim Turkiston zamini azaldan turli elat, qavm va irqlar qaynagan qozon bo‘lgan.

Odamlar eski paytda turlilikka toqatli bo‘lgan. Eski fotografiyalarda odamlar boshlaridagi do‘ppilar ham har hil ekanligini ko‘ramiz. Keyinchalik bir xillik urchidi. 

Eldan ajralib turgan qiëfatlarga odamlar ta'na qila boshladi, sen nega undaysan deb. Birovlar eslasa, o‘tgan kuzda bir yaxshigina boqilib, «rodnoy zagar» olgan dubaylik amakining o‘zbek qiziga uylangani bahs bo‘lgan edi.  Ma'lum bo‘lishicha, ushbu to‘y 2018 yilning 13 noyabr kuni Urganch shahridagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tgan. Kelinning ismi Shahnoza bo‘lib, u xonanda. Kuyov esa, aytishlaricha, dubaylik, uning ismi Sayyed (Sayyod desayam bo‘ladi, shunaqa qizni qo‘liga qo‘ndiribdi).

Izoh ëzgan xolalar: «Vo-o-oy, negrga tegibdi-ya oppoqqina qiz», deb achinsa, uyda o‘tirib qolgan qariqizlar: «Asbobi kattaligiga uchgande», deb ëzib, hasad olovida jizg‘anak bo‘lishdi. Uchinchi toifa esa: «Dubaylikning puli ko‘p, og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham (bu holatda ko‘mirday qora bo‘lsa ham) boyning bolasi yaxshi, degan kommentlar ëzishdi. Ya'ni bu novchagina oppoqqina xorazmlik qiz dubaylik «milliarder»ning puliga uchgan.

«Puliga uchgande, pul o‘lsin. Villasiyam bormish palm bichda», deb ëzg‘irishdi. Azizlar, bu gapiraëtgan gaplarimiz rasizm, ya'ni irqchilik ekanligini bilamizmi? Oynaga qarang, ko‘zimiz ham oqu qaro-ku.

Balki bu qizaloq anavi bo‘g‘irsoq «Qoratoev»ni yaxshi ko‘rib qolgandir? Sevgandir. Axir sevgi oliy tuyg‘u, deb aytamiz-ku. Pochemu obyazatelno dumat o minusax i ploxoy storone?

«O‘zimizning o‘zbek erkagi turganda…», deb boshlanadurg‘on izohlarni o‘qimasayam bo‘ladi.

Uylanib, bir hafta yashab, Rossiyaga ketgan erning xotini sabzi bozori ëki baqlajon bozoriga borib sotib olgan sabzavot bilan ovungani haqida sukut saqlaymiz.

Eri Rossiyaga ketib, qaynotasiga o‘ynash bo‘lganlar-chi…

Xullas, birovning ko‘zidagi zirapchani ko‘ramiz-u, o‘zimizning ko‘zimizdagi g‘o‘laga e'tibor bermaymiz.

To‘ylar muborak, har kim sevgani bilan qo‘sha qarisin.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz


Eltuz.com
Tag‘in o‘qing
11 january 2021
8 yanvar kuni Namangan shahrining Davlatobod tumanida Shimoliy Farg‘ona kanali ustiga qurilgan 37 metrlik yangi ko‘prik qoq o‘rtasidan bo‘linib, ...
24 march 2024
Salim Abduvaliev 2023 yilning 1 dekabr kechasi Toshkentdagi uyida hisbga olingan edi. Eltuz insayderlariga ko‘ra, navbatdagi “maski shou” amaliyotida ...
22 november 2025
Salom qadrli muhlislar sizga taqdim etiladigan navbatdagi audiokitob taniqli o‘zbek shoiri, umrini O‘zbekiston mustaqilligi uchun bag‘ishlagan muxolifat lideri Muhammad ...
11 october 2016
Majburiy mehnat monitoringi bilan shug‘ullanayotgan «Qo‘rqmaslar» guruhi faoli Maloxat Eshoqulovaning eltuz.com muxbiriga bergan intervyusiga ko‘ra, ularni cho‘l zonasidagi «Qirlishon» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...