Asosiy mavzular
9 may 2019

O‘zbek jurnalisti rohinja musulmonlari genotsidi haqida film taqdim qildi

Britaniyada yashayotgan mustaqil jurnalist Shohida Yoqub Birma (Myanma)dagi rohinja musulmonlariga qarshi zo‘rovonliklar haqidagi «Exiled» («Haydalganlar» yoki «Istalmaganlar») deya nomlangan filmni ishlash jarayoni nihoyasiga yetganini «Eltuz»ga bildirdi.

«Rohinja masalasi – bu genotsid masalasi. Bu davlat tomonidan, ya'ni harbiy xunta tomonidan qilingan. Bu tasodifiy narsa emas», dedi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida film muallifi Shohida Yoqub.

Film Myanma armiyasi va buddaviylari tomonidan mamlakatda yashayotgan rohinja musulmonlariga qarshi shafqatsiz zo‘rovonliklar, qotilliklar haqida hikoya qiladi.

«Ilk bor rohinja musulmonlarini haydash Birmada diktatura o‘rnatilgan 1978 yili, keyin 1992 yilda amalga oshirilgan. O‘shanda 200 mingdan ortiq odam Bangladeshga haydalgan. Biroq Birma formal jihatdan demokratiyaga o‘tdi deya qaralgan 2012 yili uylarni yondirish, ayollarni va erkaklarni zo‘rlash boshlandi», deydi film muallifi «Eltuz»ga bergan intervyusida.

Shohida Yoqub demokratiya to‘lqinida hokimiyatga kelgan Birmaning bugungi rahbari, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, 20 yil uy qamog‘ida bo‘lgan Aun San Suji ochiq jamiyat ishonchini qozonmagani, irqchi va islomofob bo‘lib chiqqanini aytadi.

«Birma judayam bir irqchi jamiyat. Aun San Suji demokratiyaning emas, diktaturaning himoyachisiga aylangan», deydi Shohida Yoqub «Eltuz» bilan suhbatida.

Rohinja xalqi, BMTga ko‘ra, dunyoda eng ko‘p ta'qibga uchragan milliy ozchilikdir. Ular hamon Bangladeshdagi qochqinlar lagerida qolishmoqda. Myanma hukumati esa ularni nolegal immigrantlar hisoblab, qaytishlariga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Video: https://youtu.be/VMDfWCXS0_4

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 november 2024
“Agar jamiyatda  jinoyat va zo‘ravonlik jazosiz qolar ekan bu mamlakat bir birini tishlab parchalamoqchi bo‘lgan yirqich hayvonlar arenasiga aylanadi”. ...
14 april 2017
Samarqanddagi mobil muxbirlar, Oqilovning uyi surati, videosi va uning yaqinlari haqidagi maqolani e'lon qildi. Oqilov yashagan mahalladagilar, nashr muxbiriga ...
20 july 2024
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi 19 iyul kuni jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev va ...
21 july 2017
Farg‘ona viloyati aholisi o‘z yaqinlaridan kelgan jo‘natma pullarni olishga qiynalmoqda. Banklar oldida uzunqator navbatlar hosil bo‘lgan. «O‘g‘lim Rossiyada ishlaydi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...