Asosiy mavzular
16 may 2019

Oliy sud Bobojonovlarning uylarini musodara qilish qarorini bekor qildi

O‘zbekiston Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati 16 may kuni jurnalist Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqidagi oldingi sud qarorlarini bekor qildi.

O‘zbekiston Oliy sudi sudlov hay'ati tarkibidagi uch nafar sudya – Akmal Murodov, Nargiza Mahkamova va Muhabbat Rabbieva jurnalistlar foydasiga qaror chiqardi va bir yildan ortiq cho‘zilgan jarayonga yakun yasadi.

«Bu haqda hozircha telefonda og‘zaki bildirishdi. Qaror pochta orqali keladi», dedi jurnalistlarni himoya qilgan «Simay» advokatlik byurosi advokati Umid Davletov «Eltuz» muxbiriga.

Video: https://youtu.be/1P0gGp8vRPg

Germaniyadan siësiy qochqin maqomini olgan jurnalist Shuxrat Bobojonov o‘zi va ukalarining uylari tortib olingani yuzasidan tashvish bildirib, sal ilgari Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga maktub ëzgan edi.

Bir yildan ortiq davom etgan sud jarayonlari haqida «Eltuz» turkum maqolalar chop qilgan.

2018 yilning boshida Urganch tumani sudi jurnalist Shuhrat, Qudrat, G‘ayrat Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqida qaror chiqargan. Bu qarorni chiqargan sudya O‘tkir Masharipovning o‘zi keyin apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, uni o‘z kuchida qoldirgan. Keyingi instantsiyada 1 fevral kuni Oliy sud sudyasi Jamshid Tirkashev jurnalistlar arizasini rad qilib ajrim chiqargan. Ajrim yuzasidan jurnalistlar nazorat tartibida Oliy sudga shikoyat qilishgan edi.

«Sud nihoyat arzimizni eshitgani va bizning foydamizga qaror chiqarganidan juda hursandman. Uzoq davom etgan bu jarayon o‘zbek sudiga murojaat qilib adolatga erishish mumkinligini namoyish qildi», dedi G‘ayrat Bobojonov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 february 2019
Aytaylik, g‘orda yashaydigan ibtidoiy odam ëniq turgan televizorni ko‘rib qoldi. Uning ilk reaktsiyasi qanday bo‘ladi? Albatta, dastasi ëg‘och tosh ...
9 january 2018
6 yanvardan instagram va feysbuk sahifalarida stixiyali tarzda o‘zbeklar do‘ppi fleshmobini boshlashdi. Unga tarmoqda boshqa millatlar ham qo‘shilishdi. Zardo‘ziyu ...
15 october 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, million nusxada kitob bo‘lsin, ...
4 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 24-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...