Asosiy mavzular
7 august 2019

Kenja kuëv Otabekning mashinasi uch odamni urib yuborgani iddao qilindi

Toshkent markazidagi Pushkin ko‘chasida 6 avgust kuni yuz bergan avariyada kamida uch shaxs, jumladan, IIVning ikki xodimi shikastlandi.

Voqea uchta avtomobil – Nissan GT-R35, Spark va Matiz rusumli mashinalar ishtirokida yuz bergan.

Avariyaga sabab bo‘lganlardan biri esa O‘zbekiston prezidentining “poygachi kuëvi”, prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Otabek Umarov ekani aytilmoqda.

Bu iddaoni «Eltuz» bilan gaplashgan toshkentlik jurnalist IIVdagi manbalariga tayangan holda aytib berdi.

Prezident kuëvi Umarov bundan oldin ayni rusumdagi avtomobil ënida suratga tushgan edi. «Toshkent haydovchilari» guruhi faoliga ko‘ra, shahardagi yagona oq rangli Nissan GT-R35 avtomobili Umarovga tegishli.

Bundan tashqari, voqeaga guvoh bo‘lgan mahalliy haydovchilar ham “aynan prezident kuëvi avariya aybdori” ekanligini, mashinani Otabek Umarovga quyib qo‘yganday o‘xshash shaxs boshqarganini «Eltuz» muxbiriga aytishdi.

Ba'zi manbalar haydovchini Otabekning qiyofadoshi deyishmoqda. Haqiqiy Otabekni trenajyor zalida ko‘rishgan.

Voqea tafsilotlari haqida «Gazeta.uz» yozdi. Biroq xabarda prezident kuëvining avariya sababchisi bo‘lgani aytilmagan.

Xabar tafsilotiga ko‘ra, 6 avgust kuni taxminan 21:30 ro‘y bergan hodisada xorijiy avtomobil haydovchisi Sh. J. boshqaruvni yo‘qotib, ikkita yengil avtomobil bilan to‘qnashgani, uchastkada bir qancha vaqt davomida harakat cheklangani, tez shoshilinch tibbiy yordam markaziga uch nafar jabrlanuvchi keltirilgani, Matiz haydovchisining ahvoli og‘ir ekani va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani bildirilgan.

Ijtimoiy media orqali tarqalgan videoda Nissan GT-R35 avtomobilining old qismi pachoqlangani, Spark to‘siqdan oshib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgani, Matiz esa to‘siqqa urilganini ko‘rish mumkin. Voqea ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida ham qizg‘in bahs uyg‘otdi.

Voqea ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida ham qizg‘in baxs uyg‘otdi.

Voqea guvohlarinig tarmoqdagi ëzuvlariga ko‘ra, “avariya sababchisi” bo‘lgan kenja kuëvni “Milliy gvardiya kelib voqea joyidan olib ketgan”.

Tarmoq yuzeri Vadim Roumen:

“U hatto mashinadan tushgani ham yo‘q. Uni olib ketishlarini kutib bamaylixotir o‘tiraverdi. Atrofda esa mashina ostida qolib majaqlanganlar sochilib ëtar va og‘riqdan oh chekishar edi. Boshqa haydovchilar to‘xtab, ularga ërdam berishdi. U bo‘lsa bez bo‘lib o‘tiraverdi. Keyin, albatta, ota qo‘ng‘irog‘iga asosan trassani butkul ëpib qo‘yishdi. Keyin Milliy gvardiya yetib keldi (prezidentning shaxsiy gvardiyasi. Ular barcha yo‘l-transport hodisasiga kelavermaydi-ku) Ikki kilometr masofada hech kimni avariya bo‘lgan joyga yaqinlashtirishmadi. Uni mashinadan sug‘urib olishdi va avtomobilni chexol bilan ëpib qo‘yishdi”.

Vadim Roumen guvohligini tarmoqning boshqa yuzerlari ham tasdiqladi.

Tarmoq yuzeri Botir.Sh «U haëtga ko‘ndalang qo‘yib qo‘ygan. O‘zining va o‘zgalarning haëtiga», deb ëzadi.

Bunga javoban GM Ikram “Ko‘ndalang qo‘ygani bois boshqalar azoblandi. Ammo bu holatga ham ko‘ndalang qo‘ydi».

Bunga javoban Zefer Bekmuhammad “Papochkasi yangisini oberadi endi», deya kinoya qiladi.

Biroq iddaolarning rasmiy tasdig‘i «Eltuz»da yo‘q. Avariya faktini tasdiqlagan o‘zbek rasmiylari mashinaning Otabek Umarovga oidligi ëki avariya sababchisi aynan Umarov ekanligiga aniqlama bermagan. Bu esa har xil g‘iybat urchishiga sabab bo‘lmoqda.

Prezident Mirziëevning kenja kuëvi, prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Otabek Umarov o‘tgan oy o‘zi boshqargan «Tesla» elektromobilida soatiga 200 km tezlikda yurgani ortidan tanqidga sabab bo‘lgan edi. Bu tanqidlar ortidan “poygachi kuëv” jarimaga ham tortilgandi.

Joriy yilning 8 iyul tunida Otabek Umarovning o‘zi poygada soatiga 201 km yurgani Instagram sahifasida jonli namoyish qilingan, ammo bir necha soatdan so‘ng olib tashlangan edi.

8 iyulga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan tungi soat 2 lar atrofida bo‘lgan tungi poygasini jonli ko‘rsatgan Otabek Umarov Toshkent markaziy ko‘chalarida “Tesla” mashinasini soatiga 201 km tezlikda, mahallalar ichidan esa 148 km tezlikda haydaëtganini namoyish qildi.

O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligiga oid qonunchilikka muvofiq, shaharning katta trassalaridagi maksimum tezlik soatiga 70, mahallalar ichida esa 30 km qilib belgilangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 january 2021
Shoira Gulchehra Nurullaeva bilan suhbat, 1988 yil. — Gulchehra opa, hozir qayta qurish davrida yashayapmiz. Suhbatimizni shu mavzudan boshlasak. — Men qayta qurishni o‘zim uchun yangilik deb bilmayman. Endi o‘ylasam, urush yillari qandaydir «xundori» tayyorlab, mahallamiz bolalarini tekinga davolaydigan otam, so‘nggi burdani «non»lab ortidan ergashibyurgan qiziga emas, qo‘shnining ochdan o‘layotgan bolasiga olib chiqqan onam qayta qurish odamlari ekanlar. Bir voqeani eslasam, ko‘zimga hali-hali yosh qalqadi. 1956 yil. O‘ninchini endigina bitirganman. Maktabimiz direktori Hafiz Yengalichev menga: — Seni Moskvaga, MGUga ...
2 february 2021
1 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat ichida turib faoliyat yuritadigan polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiya muddatini uzaytirishni ...
21 january 2019
Facebook shirkati 17 yanvar kuni Kreml loyihasi bo‘lgan «Sputnik» nashri tashviqotiga xizmat qilgan tarmoqdagi yuzlab sahifalar va akkauntlarni o‘chirdi. ...
21 december 2022
Yuqoridagi Sardordan, albattaki, O‘zbekistondagi boshqaruvni qasd etdik. O‘zbek ham, turkman ham – asli avtoritar davlatlar.Masalan, amerikaliklar uchun hamma “-iston” ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...