Asosiy mavzular
9 october 2019

Salim Abduvaliev «Qizil kitob»ga kirgan bo‘ri va ayiqlarni otgan

Aksariyat o‘zbekistonliklar orasida Salimboy deya sig‘iniladigan, boshqa manbalarda «kriminal avtoritet» atalgan Salim Abduvaliev «Qizil kitob»ga kirgan ayiq, bo‘ri va yo‘lbarslarni otib o‘ldirgan.

Bu ma'lumotni qirg‘izistonlik ikki videobloger ma'lum qildi. Ular tarafidan tarmoqda ëyinlangan videoda Salim Abduvaliev uyida ko‘rgazmaga qo‘yilgan terisiga somon tiqilgan o‘nlab hayvonlar aks etgan.

“Bularning hamasini Salim akamlar o‘z qo‘llari bilan o‘ldirganlar», deydi bloger «Qizil kitob»ga kirgan hayvonlarning o‘ziga xos qabristoni bo‘ylab reportaj olib borar ekan.

Tasvirlarda kamida ikki qo‘ng‘ir ayiq, bitta bo‘z bo‘ri, turna, lochin, qirg‘iy va jayra ko‘rinadi.

Shuningdek xongul deya bilingan noëb buxoro bug‘usi, arxar va yo‘lbarslar ham reportaj olib boraëtgan bloger tarafidan “Salim aka tarafidan otib o‘ldirilgan”, deya tariflanadi.

Bu hayvonlar Markaziy Osië faunasning noëb vakillari sifatida «Qizil kitob»ga kiritilgan. Ularni ovlash jinoyat hisoblanadi.

Videoblogerlar Salim Abduvalievning kitch buyumlar bilan to‘lib toshgan uyi bo‘ylab sayr qilishadi. Tasvir davomida Abduvalievning noma'lum rassom tarafidan o‘ta malakasiz chizilgan serjilo portreti va son-sanoqsiz qilich, dubulg‘a va oshpichoqlar kollektsiyasi ko‘rinadi.

Toshkentlik san'atshunos Akmal Rizaev “Boy ota” uyidagi bezak buyumlarni “didsizlik, soxta hashamat, kitch va  bachkanalik kulminatsiyasi”, deya tarifladi.

Rizaevga ko‘ra,  Salim Abduvalievning uyi “Rossiya shou biznesidagi parazit elementlar kelib, yeb-ichib ëzilib ketadigan bogodelnya”dir.

Rizaevning aytishicha, o‘zbekistonlik va ba'zi rossiyalik san'atkor, shoir va qo‘shiqchilar uchun Salim Abduvaliev “nazariga tushish” ulkan baxt.

O‘zbekistonlik shoir Bobir Bobomurod tarafidan Salim Abduvalievga bag‘ishlab ëzilgan she'rni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist ijro qilib “boy ota nazariga noyil bo‘lgan edi”.

Ko‘plab kriminal avtoritetlarni madh etgan taniqli shanson qo‘shiqchi Villi Tokarev O‘zbekistonda Salimboy deb nom chiqargan tadbirkor Salim Abduvalievga «Salimbay» albomini bag‘ishlagan.
Villi bastalangan “Salimbay” qo‘shig‘ida Salim Abduvaliev bunday madh etilgan:

“Quyosh bizni siylagan paytda,
Quyoshli sayyoramizga qish kelganida
biz Salimnikiga mehmonga bordik.
Do‘stlashdik, xayrlashdik –
Salimdek bu dunyoda boshqa hech kim yo‘q!
O‘zbekistonning bag‘rikengligi
bilan maftun bo‘lishdan charchamayman,
Salim menga naqshli chopon sovg‘a qildi!
Salim, Salim, Salimboy –
Toshkent grajdani, vaqtni ketkizmasdan sharob quy!”
deya kuyladi Villi Tokarev Salimboyga bag‘ishlagan qo‘shig‘ida.

Karimov davrida siësat va saroydan masofada tutilgan Abduvaliev Mirziëev iqtidorga kelgani ortidan boshqaruvdagi amaldorlarning sevimli akaxoniga aylandi.

Mirziëevning prezidentlikka saylangan kunida Abduvaliev Mirziëev tasviri tushirilgan maykani kiyib, publika qarshisida namoën bo‘lgan edi.

Mirziëevning ilk iqtidorga kelgan kunlarida Abduvaliev va Shavkat Miromonovichning qo‘l berishib turgan surati tarmoqda tarqalgandi.

Toshkentlik san'atshunos Akmal Rizaev iddaosiga ko‘ra, Karimov davrida Salim Abduvaliev sobiq ichki ishlar vaziri, «Andijon qassobi» o‘laroq tarixga kirgan Zokir Almatov shamsiyasi ostida harakat qilgan.

Ayni paytda bu iddaolarning «Eltuz»da rasmiy tasdig‘i yo‘q. «Eltuz» Salimboy Abduvalievning bu boradagi fikrlarini kutmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 june 2020
Bir narsaga e'tibor qaratdim: AQShda bo‘layotgan voqealarga e'tibor rus internetida juda yuqori; runetda bu voqealarni anarxiya deb qoralash, afroamerikaliklarni ...
17 march 2017
«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy ...
4 september 2019
Zamonning tez o‘zgarishini qarang. Bir necha yil oldin katta avlod hali kompyuter ishlatishni bilmasdi, biz esa o‘zimizcha zamonaviy yoshlar ...
15 july 2024
Chust tumanida bug‘doy yetishtirish bilan shug‘ullangan fermer Alimardon Tumorov hokim va klaster bosimini ko‘tara olmasdan yurak hurujidan vafot etdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...