Asosiy mavzular
12 november 2025

Paradoks: O‘zbekiston AQShdan paxta sotib oladi

O‘zbekiston AQShdan samolyotlar, dukkakli donlar va tonnalab paxta sotib oladi hamda amerikaliklar uchun vizasiz tartib joriy etadi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Vashingtonga tashrifi chog‘ida imzolangan kelishuvlar tafsilotlarini oshkor qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent amerikalik kompaniyalarga kamyob yer metallari konlariga kirish imkonini yaratadi, shuningdek, AQShdan 2 million tonna soya donlari, 22 ta Boeing-787 Dreamliner samolyoti va kichik atom reaktorlarini jami 8,5 milliard dollar qiymatida xarid qiladi.

Eng qiziq jihat shundaki, kelishuv doirasida O‘zbekiston — dunyoning eng yirik paxta ishlab chiqaruvchi mamlakatlaridan biri bo‘lishiga qaramay, 100 ming tonna amerikon paxta sotib olish bo‘yicha uch yillik shartnoma tuzdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ta'kidlashicha, bu kelishuv O‘zbekistonni kelgusi o‘n yil ichida Amerika iqtisodiyotining “asosiy sohalariga” 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritishga majbur qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston UzAuto Motors avtomobil yig‘ish kompaniyasini xususiylashtirish jarayonida AQSh bilan hamkorlikni kengaytirishni va 2026 yildan amerikaliklar uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etishni rejalashtirmoqda.

Tag‘in o‘qing
24 april 2020
O‘zbekistonda kechayotgan karantin va cheklovlar tufayli hammadan ko‘ra kunlik ishlab pul topadiganlar qiyin ahvolga tushib qoldi. Oila boqishga, qorin ...
2 october 2017
Birinchi oktyabrdan banklarning naqd dollar sota boshlashi to‘g‘risidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. “Eltuz” muxbirining 2 sentyabr kuni o‘rganishicha, banklar ...
12 february 2018
O‘tgan yillar davomida o‘zbek muxolifati yetakchiligiga da'vogarlik qilganlar ko‘p bo‘ldi. Ular hozir ham shu da'vosidan voz kechmagan. Bu da'vo ...
15 october 2022
Kuni kecha Uchko‘prik tumanidagi 80 nafarga yaqin fermer avval prokuraturaga, so‘ng tuman hokimligiga chaqirtirilib, yerni topshirish haqida majburan ariza ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...