Asosiy mavzular
5 february 2020

Toshkent koronavirus o‘chog‘idan kelganlarni kutib olmoqda

Xitoyning Uxan shahridan uchgan Uzbekistan Airways aviashirkati uchog‘ida kelgan 84 nafar yo‘lovchi 5 fevral kuni Toshkent aeroportida himoya vositalari bilan qurollangan tibbiyot xodimlari tomonidan kutib olingani rasmiy matbuotda keng yoritildi.

4 fevral kuni Uzbekistan Airways uchog‘ida Xitoydan O‘zbekistonga qaytgan 250 nafar yo‘lovchi 14 kunlik karantinga joylashtirilgani haqida nashrlarda xabarlar berilgan edi.

Ayni paytda Xitoy aeroportlari o‘zbeklar bilan to‘lib ketgani, ularni qaytarish uchun uchoqlar yetishmayotgani haqida «Eltuz»ga xabarlar kelmoqda.

“Eltuz” muxbiri bilan messenjer orqali bog‘langan Pekin aeroportidagi yo‘lovchining aytishicha, 5 fevral kuni soat tungi 24.00 da Toshkentga 250 yo‘lovchi bilan yana bir reys uchishi kutilmoqda, aeroportda esa Xitoyning turli shaharlaridan kelgan 500 nafar atrofida o‘zbekistonlik qolmoqda.

Bundan avval, 1 fevral kuni Youtube tarmog‘ida Toshkent aeroportida Xitoydan kelayotgan yo‘lovchilar tekshiruvi yuzaki, ya'ni teplovizor uskunalari orqali amalga oshirilayotgani, dorixonalarda esa yuzga taqiladigan oddiy niqoblar yo‘qligidan shikoyatlar ortgani haqida video tarqalgan edi.

Keyinchalik, 4 fevralga kelib, Xitoydan qaytgan yo‘lovchilarning maxsus himoya kiyimlari kiygan tibbiyot xodimlari tomonidan qarshi olingani, yo‘lovchilar maxsus purkagich (pulverizator) uskunasi orqali o‘tkazilgani respublika televideniesi orqali namoyish etildi.

5 fevral kuni ertalab olingan so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2019-nCov (koronavirusning qayd qilingan rasmiy nomi) yuqtirilishi bilan bog‘liq 24363 holat qayd etilgan, 490 nafar odam o‘lgan, tag‘in 23260 nafar shaxs virus yuqtirgani shubhasi ostida qolmoqda.

30 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pnevmaniyaning tarqalishini xalqaro miqyosdagi favqulodda holat sifatida tan olgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 september 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Omina» jome masjidi imom-xatibi Fazliddin Pardaev ishdan olindi. O‘zbekiston musulmonlar idorasining «Eltuz»da mavjud bo‘lgan 675-buyrug‘iga ...
25 july 2018
Rassom Azizbek Eltuz.com
11 april 2016
O‘zbekistonda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar ...
2 january 2026
1921 yilning 2 yanvar kuni radio tarixida haqiqatan ham inqilobiy qadam tashlandi. AQShning Pittsburg shahridagi KDKA radiostantsiyasi dunyoda birinchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...