Asosiy mavzular
7 february 2020

Shinjon koronavirus changalida

Xitoy hukumati 5‏ fevralgacha Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida «Uxan virusi»ga chalinganlar soni 32 kishiga yetganini e'lon qildi.

Muxtor tuman Sog‘liqni saqlash qo‘mitasining bildirishicha, koronavirus bilan xastalanganlarning 25 nafari Uyg‘ur muxtor tumanida, 7 nafari esa Bintuanda aniqlangan. 

Lekin kuzatuvchilar kasallikni yuqtirganlar soni bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. 

Mahalliy hukumat virus tarqalishiga oid ma'lumotlarni “davlat siri” sifatida ochiqlamayotgani sababli haqiqiy vaziyatni bilish qiyin kechmoqda. 

Garchi «Uxan virusi» keng quloch yozgan, ommaviy tahdidga aylangan bo‘lsa ham Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani mulozimlari Xitoy hukumatining kuchli bosimi tufayli shu paytgacha Uxan bilan havo, temir yo‘l va avtomobil transporti qatnovini cheklashga intilmayapdi.

Ba'zi kuzatuvchilar bu uxanlik minglab xitoylarning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumaniga oqib kirib, virus tarqatishning yashirin manbasiga aylanishiga yo‘l qo‘yilayotganini anglatishini ta'kidlamoqda. 

Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 5 fevral kuni tumanda yana 3 kishi koronavirus yuqtirgani aniqlangan va shu tariqa bemorlar soni 32 nafarga yetgan. 

Koronavirusga chalinganlarning 12 nafari Urumchida, 7 nafari Ili viloyatida, 1 nafari Turfonda, 1 nafari Oqsuda, 4 nafari Harbiy rayon 7‏-diviziyasida, 2 nafari Harbiy rayon 8‏-diviziyasida, 6 nafari Harbiy rayon 9‏-diviziyasida kuzatilgan. Ularning 8 nafari og‘ir ahvolda.

Xitoy Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 5 fevral e'lon qilgan hisobotda  5 fevralgacha mamlakatda mazkur virusdan vafot etganlar soni 430 kishiga yetgani, bemorlar soni esa 20 mingdan oshgani aytiladi.

«Nyu-York tayms» gazetasining 3 fevraldagi sonida yozilishicha, Xitoyda koronavirusga chalinganlar va vafot etganlar soni 2003‏ yilda tarqalgan sars virusidan vafot etgan va xastalikni yuqtirganlar sonidan ancha oshib ketgan.

Eltuz muxbiri

Tag‘in o‘qing
9 august 2023
Qiziriq tumani hokimi Sherzod Rajabov ayrim maktab direktorlarini ishdan bo‘shash haqida ariza yozishga majburlamoqda. Eltuzga kelgan shikoyatga ko‘ra, direktorlardan ...
5 september 2017
O‘zbek so‘mining keskin devalvatsiyasi – naqd pul tanqisligi, bankomat va plastik kartadan pul yechish muammolarini taranglashtirdi. 4 sentyabr kuni, ...
30 april 2021
Orzu qanotida  ëshlik ham o‘tdi Xuddi tong tumani ë uyqu misol. Ko‘krak qafasida Erk qushim, Cho‘tir istibdodning tagida  Patlari ...
12 january 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. G‘isht, qum va tsement aybdor! Yoki «Armaturalar ham yig‘laydi» Bugungi film ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...