Asosiy mavzular
18 may 2020

O‘lat paytidagi ziëfat. Prezident kuëvining tug‘ilgan kuni nishonlandi

Prezident Mirziyoev qizining eri, prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarovning tug‘ilgan kuniga atab o‘zbek shou-biznesi va sport yulduzlari laganbardor qo‘shiqni kuylashdi. 

Bu maqtov qo‘shig‘i borasida tarmoq teng ikkiga bo‘lindi. Bir guruh “bunday laganbardorlik va shaxsga sig‘inish xolatiga chek qo‘yilishini” talab qilishdi. Ikkinchi guruh esa “prezidentning kuëvi O‘zbekistonga foyda keltirib, obro‘sini oshirdi”, deya Otabek Umarovni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi qora mergan degan sahifada iddao qilinishicha, Mirziyoevning kuyoviga 15 may kuni 650 ming dollarlik “Mercedes” avtomobili sovg‘a qilingan.

“Tug‘ilgan kunida unga berilgan sovg‘alardan eng qimmati 650 ming dollarlik “Mercedes-Benz Gelandewagen” avtomobili bo‘ldi. Uni “Toshkent yog‘-moy kombinati” (“Moya mechta”) aktsiyadorlik jamiyati (Salim Abduvalievga taalluqli kompaniya) ta'sischilari sovg‘a qilishdi”, deyiladi xabarda.

Xabar davomida yana iddao qilinishicha, qimmatbaho avtomobil “Turkish Cargo” aviakompaniyasining Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan yuk (kargo) reysi (Airbus A330-243F uchog‘i Reg.TC-JOY No.6210 ISL) bilan 15 mayning o‘zida olib kelingan. Uning sirti va saloni maxsus tyuningdan (qo‘shimcha bezakdan) chiqarilgan. Avtotyuning ishlari dunyodagi eng mashhur va qimmat “Philipp Plein” (Germaniya) dizayn uyi tomonidan bajarilgan.

Biroq iddaolarning rasmiy tasdig‘i “Eltuz”da yo‘q.

Otabek Umarov bundan oldin BAA amiri Al Maqdum sovg‘a qilgan Nissan GT-R35 mashinasi bilan bog‘liq janjal markazida qolgan edi.

Iddaolarga ko‘ra, 2019 yilning 6 avgustida Otabek Umarovning mashinasi uch odamni urib yuborgan va ma'muriy richag vositasida holat bosti-bosti qilingan.

Prezident Mirziëevning kenja kuëvi, prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Otabek Umarov o‘tgan yili o‘zi boshqargan “Tesla” elektromobilida soatiga 200 km tezlikda yurgani ortidan tanqidga sabab bo‘lgan edi. Bu tanqidlar ortidan “poygachi kuëv” jarimaga ham tortilgandi.

O‘tgan 2019 yilning sentyabrida Nurmagomedov kimoshdi savdoga qo‘ygan futbolka 100 ming dollarga sotilgan edi.

24 dekabr kuni Russia Today telekanali 100 ming dollarlik eski futbolkaning egasi O‘zbekiston prezidentining kichik kuëvi, prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbarlaridan biri, O‘zbekistonda noyabr oyida tashkil etilgan MMA (Aralash jang san'ati) assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov bo‘lib chiqdi.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov hatto O‘zbekiston joriy qonunchiligi ham mulozimning bunday sovg‘ani qabul qilishini taqiqlashi haqida ëzgan edi:

«Narxi 100 ming dollar ekani ochiqlangan bu maykani qaysi puliga olgan? Agar bu maykani, ya'ni kimoshdi savdoda 100 ming dollarga sotilgan qimmat narsani unga chindan ham sovg‘a qilishgan bo‘lsa, bu unaqasiga aylantirsangiz ham, bunaqasiga aylantirsangiz ham pora olish deb baholanadi. Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha mansabdor shaxsning xizmat mavqeidan foydalanib moddiy qiymatli narsani olishi pora olishdir. Ayniqsa, O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimli mulozimi, prezident tanasiga eng yaqin odamning anonim shaxsdan 100 ming dollarlik sovg‘ani olishi, istalgan huquqshunosdan so‘rang, pora olish deb ataladi.” 

Otabek Umarov davlat mulozimidir. Uning xotini Shahnoza Mirziëeva esa Maktabgacha ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida. O‘zbekiston mulozimlarining dabdabali haëti va “oëg‘i yerdan uzilgani” haqida Umarovning qaynotasi, mamlakat prezidenti Mirziëev ko‘p marta ta'kidlab keladi.

Otabek Umarovni maqtab qo‘shiq aytgan xonanda va qo‘shiqchilar hozir qamoqda jazo o‘taëtgan Gulnora Karimovani maqtash marafonining asosiy ishtirokchilari bo‘lishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 january 2019
O‘zbek matbuoti Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Sherali Salomov yig‘ilishda fermer Orif Durmatovni kaltaklagani va shu yilning 9 yanvarida ...
24 february 2016
Kleptokratiya hukmron O‘zbekistonda bugungi kunda qog‘ozbozlik amaldorlarining oddiy ish yo‘siniga aylangan. Oddiy odamlar u yoqda tursin, Eltuz.com yaqinda e'lon ...
2 march 2021
Bir og‘aynim qo‘qqisdan men haqimda daholarcha bashorat qilib bunday deb qoldi: Kerak bo‘lsa, ming foiz kafolat beramanki, seni yurtimizda ...
22 march 2018
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...