Asosiy mavzular
7 september 2020

Eri urib qo‘lini sindirib, axlatli pampers yedirgan ayol muammosini mulozimlar bosti-bosti qilmoqchi

Eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, bolasining axlati to‘la uch kunlik pampersni yeyishga majburlangan samarqandlik 25 yoshli Mustahkamning do‘pposlangani videosi tarqalganidan so‘ng 5 sentyabr kuni Samarqand shahri hokimligi bu haqda xabar berdi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Samarqand IIB eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayolni o‘z himoyasiga olgan. Uni ish bilan ta'minlab, yangi uy olishida ham ko‘maklashishini va'da qilgan.

Mustahkam tibbiyot kollejida o‘qigan, hamshira, to‘rtta tilni biladi. Shahar hokimligi ayol bir necha yildan beri tahqir, xo‘rlanishlar ostida yashab kelsa-da, biror marta na mahallaga va na boshqa tashkilotga murojaat qilmaganligi bois, bu oila notinch oila sifatida ro‘yxatda turmasligini bildirgan.

«Qaynona-qaynotasi kelini haqida juda yaxshi fikrda. Ularning aytishicha, o‘sha kuni kelini ogohlantirmay qarindoshinikida qolib ketgan. Janjal shundan kelib chiqqan», deyiladi hokimlik axborotida.

Bundan avval tarmoqda ayolning eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani, hatto o‘sha xonadondagi itning ham ayolga rahmi kelib himoya qilishga uringani aks etgan video tarqalgan edi.

Voqealarni yoritib kelayotgan bloger Aqida Xonim 3 sentyabr kuni olgan videosida Mustahkam 2018 yili eri uni urib, majburlab uch kunlik axlatli pampersni yedirgani haqida hikoya qiladi:

«Yemayman» deganimda, grafin bilan boshimning orqasiga urib, «Yeysan!» deb majburladi… Urib-urib yedirdi, qusganimni ham yedirdi. «Sen yolg‘ondan qusyapsan, qusganingni ham yeysan», deb yedirgandi», deydi ayol.

Joriy yilning 5 sentyabr kun Aqida Xonim navbatdagi jonli yoyinida Samarqand shahri hokimligi vakillari jabrlanuvchi ayolni oilasi bilan yarashtirish uchun unga bosim o‘tkaza boshlagani, buning uchun ayrim mas'ullar hatto ayolning qaynotasidan pul olganini ta'kidlab o‘tgan.

«Umuman qaytmayman, bormayman, chunki u yerdan mening o‘ligim chiqadi, men bolalarim uchun yashashim kerak», deydi kaltaklangan ayol blogerga bergan intervyusida.

O‘zbekistonda aëllarga qarshi zo‘ravonlik ko‘lami aniq o‘rganilgan emas. O‘tgan hafta oxirida Andijonning Marhamat tumanida yashaydigan qiz qo‘shnisi tarafidan zo‘ravonlik nishoni bo‘lgani ortidan o‘z joniga qasd qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 may 2018
Taniqli o‘zbek karikaturachisi Mahmud Eshonqulov Turkiyada o‘tgan «Suv – hayot» xalqaro tanlovi sovrindori bo‘ldi. 22 may kuni «Eltuz» muxbiriga ...
19 february 2024
Qashqadaryo va Sirdarë viloyatlarida Indorama Agro xorijiy kompaniyasiga 70 million dollar kredit ajratgan Yevropa tarraqiyot banki ustidan kompaniya ishchilari ...
4 may 2016
Eltuz.com mahalliy qo‘shiqchi va san'atkorlarni turli chegaralardan chiqmaslikka da'vat qilib kelayotgan o‘zbek mulozimlari hajv etilgan rassom Tuzning yangi karikaturasini ...
24 july 2017
Maktablarning 11 yillik ta'limga qaytishi ortidan Andijondagi kollejlarning yuzlab o‘qituvchilari ishsiz qolmoqda. Andijon shahridagi 2-son Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...