Asosiy mavzular
14 september 2020

Ta'lim tizimini kim o‘ldirdi? Mirziëevmi ëki ta'lim vaziri Shermatov?

O‘zbekistonda 14 sentyabrdan boshlab ayrim maktablar an'anaviy tarzda navbatdagi o‘quv yilini boshladi.

Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, poytaxtdagi 318 maktabdan 143 tasida 14 sentyabrdan o‘quvchilar an'anaviy tarzda o‘qiy boshlaydi. Qolgan maktablarda esa o‘qish onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Toshkent shahridagi 110-maktabni oligarx Alisher Usmonov ta'mirlab berdi. Targ‘ibot roligidagi bolalar “Rahmat, Alisher doda”, deya pufaklarni osmonga uchirishdi.

Bilgichlarning aytishicha, 110-maktab dunëdagi eng qimmat ta'mir bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldirgan.

7 yulduzli mehmonxonalar ham orzu qiladigan unitazlar o‘rnatilib, italyan marmari qoplangan hojatxonalar va barmog‘ing bilan silasang gapiradigan smart doskalar. Aqlli bo‘r va oltin durbinlarda Mars sayërasi ko‘rinadigan rasadxona, planetarium.

Svorovskiy javohirlari bilan bezatilgan qandillar. Birdaniga 200 bola cho‘miladigan basseynga Florentsiyadan keltirilgan maxsus marmar qoplangan.

Kmyo laboratoriyasi San-Frantsiskodagi Selikon vodiysidagi laboratoriyani changda qoldiradi. Bu maktabni ko‘rib Kaliforniyadagi milliarderlar bolasi boradigan maktab o‘zini osvorsa kerak.

110-umumta'lim maktabi O‘zbekiston ta'lim tizimiga kiruvchi oddiy maktab. Bu maktab huquqiy jihatdan Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab bilan bir xil huquqiy maqomga ega.

Mana bu Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab. Bu maktabda ham O‘zbekiston vatandoshlari o‘qiydi. O‘zbekiston kastalarga bo‘linmagan. Hamma teng huquqli.

10 mingta «Enamyaxshi» usulidagi maktabga bitta «Alisher Burxonich» usulidagi hashamatli maktab to‘g‘ri keladi.

Yaqinda sobiq deputat Qobil Do‘sov ta'lim tizimini tanqid qilgani uchun xalq ta'limi vaziri Shermatov tarafidan sudga berildi.

Do‘sov Mirziëev yaxshi, ammo vazir ëmon, degan mujda beradi. Ammo 14 yil bosh vazir bo‘lgan Mirziëev ta'lim tizimini shu holga keltirgan asosiy sababchi emas.

Samarqanddagi Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab tomi qiyshayib qolgan paytda Mirziëev Samarqand hokimi edi-ku.

Ta'lim tizimini kim o‘ldirdi? 14 yil bosh vazir bo‘lgan Mirziëevmi ëki 2 yil vazir bo‘lgan Shermatovmi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 april 2020
Havo bugun ham buzuq. Kechasi yana yomg‘ir yog‘di. Tuni bilan bezovta uxladim. Nam havoga oyog‘im og‘ridi. Ko‘rgan tushlarim esa ...
18 december 2015
New York Times gazetasi O‘zbekiston prezidentining qizi Lola Tillaeva Karimova Los Anjelosda to‘rtta qasr sotib olganligini ëzdi. Eltuz.com
15 march 2016
Buxoro viloyati davlat sanitariya va epidemiologiya markazi sertifikat berish bo‘limi mudiri Hoji Safarov pora bilan ushlandi. “Huquq” gazetasi xabariga ...
24 april 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish xalq demokratik partiyasi rahbari, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning intervyusini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...