Asosiy mavzular
15 december 2020

Qo‘shib yozish – sovet davridan to bugungacha kelayotgan illat

Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini qishloq xo‘jaligidagi ko‘zbo‘yamachilik, qo‘shib yozish muammolariga bag‘ishladi.

Ospanov qo‘shib yozish, ko‘zbo‘yamachiliklar bugungi kunda avj olganini aytarkan, bunga prezidentning Xorazm viloyatiga safari chog‘ida xo‘jako‘rsinga qurilgan soxta issiqxonalarni misol keltiradi.

Uning fikricha, mahalliy amaldorlarning rahbarlar oldida bunday ko‘zbo‘yamachilik amallari uzoq sovet o‘tmishidan buyon o‘zgarishsiz kelmoqda.

Bundan ilgari «Eltuz» kanalidagi videochiqishlarida sobiq hokim Ismoil Ospanov mamlakatda energetika inqirozi, kadrlar siyosati, dehqonlar huquqlarining kamsitilishi, klaster tizimidagi korruptsiya holatlarini tanqid ostiga olgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 july 2017
O‘zbekistonning 8 mingdan ziyod mahallalarida «Qaynonalar kengashi» faoliyat boshladi. Xotin qizlar qo‘mitasining yangi qaroridan ayollar orasida taassuf bildiruvchilar ham ...
1 may 2015
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning Suriyada halok bo‘lgan norasida bola taqdiri ta'sirida yaratilgan “Aytib beraman” qo‘shig‘i plagiatorlik mojarosiga sabab ...
5 august 2024
Osh ustidagi Eltuzning navbatdagi yakshanba kungi podkasti O‘zbekistonda har bir xonadon uchun belgilangan 200 kvt ekektr limiti atrofida bo‘ldi. ...
22 may 2016
Tojikiston konstitutsiyagi o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutgan referendum prezident Imomali Rahmon hokimiyatini amalda yanada mustahkamlashga qaratilgani aytiladi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...