Catira
6 january 2021

Test biznesidan boyib ketgan Bo‘riev

Toshkent xalqaro aeroportida ikki tomonlama shartnoma asosida O‘zbekistonga kirib kelayotganlarni koronavirusga tekshirish ishlari bilan “Tibbiyot dunyosi” MChJ shug‘ullanmoqda.

Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlar tibbiy institutlarining hali 78 soatdan oshmagan manfiy test natijalariga qaramay, O‘zbekistonga kirgan har bir odamdan pul evaziga qayta test olinmoqda.

Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, aeroportda test olaëtgan bu tashkilot Bo‘rievlar oilasiga tegishli.

2018 yilda Bosh prokuratura MChJ direktori Aslam Bo‘rievga nisbatan o‘ta katta miqdorda firibgarlik jinoyati sodir etish bo‘yicha jinoyat ishi ochgan edi.

Jinoyat ishida Aslam Bo‘riev bir hindistonlik investorning 1 million dollardan oshiqroq mablag‘ini jinoiy o‘zlashtirishda gumonlangan.

«Eltuz» manbalari ta'kidicha, Bo‘riev “o‘z akaxonlari vositasida jinoyat ishini muzlatib qo‘yishga” muvaffaq bo‘lgan. Manba aytishicha, “akaxonlar bosh prokurordan ham yuqorida turadigan kuch markaziga oid”.

Endi bir aylanib Aslam Bo‘riev korxonasi respublikaning eng asosiy darvozasida turib olib koronavirusga test olaëtgani bilgichlarda savol uyg‘otmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 april 2015
Toshkentla “Style.uz” san'at haftaligi o‘tmoqda – prezident to‘ng‘ich qizining dabdabali ermagi, ayni paytda esa paxta dalalarida bolalar o‘lmoqda, deya ...
13 march 2017
O‘zbekiston matbuoti Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tufayli mamlakatda ta'lim tizimi qanchalik «yutuqlarga erishgani», «dunyoda tan olingani» to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtirib ...
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga sovga qilingan Kamolondagi butxonaning ...
27 october 2020
To‘qsoninchi yillarda talaba edim. Dang‘aralik taniqli jurnalist Shokirali Nuraliev: «Kapitalizm huquqsiz, yollanma ishchilarni ezib ishlatishdir. Mayli, SSSR quladi, kommunizm ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...