Asosiy mavzular
16 february 2021

Bir soatlik xalifa

Rasmdagi nomi chiqqan bloger. U doim so‘kong‘ich hokimlarni hajv qiladi. Eshikdan bir odam kirib keladi.

«Uka, men o‘sha siz urib chiqqan hokimman. Sizdan iltimos, ertaga ertalab ikki soat mening o‘rnimga o‘tirib ko‘ring. Bu bir eksprement bo‘ladi sizga».

Mana, bloger ertalabdan X viloyati hokimining o‘rnida o‘tiribdi. Qabul boshlandi. Eshik ochilib, bir otaxon kirib keladi.

– Men nemislar bilan urushib, seni osmoningni musappo qilganman. Menga uy ber.

Kompyuterda tekshirib ko‘rilganda otaxonning urush tugaganidan 5 yil o‘tib tug‘ilgani, o‘g‘irlik va firibgarlik bo‘yicha ikki marta qamalgani ma'lum bo‘ladi

– Otaxon, oldingi ikki hokimdan uy olib, bittasini sotvoribsiz, yana bittasini kartaga yutqazibsiz.

Cho‘ntagidan to‘pponcha olgan otaxon osmonga qarab o‘q uzadi:

– Pidarras. Men Berlinda nemisni o‘ldirganman, san hokim bo‘lib tinch o‘tirgin deb. Portalga ëzaman, onangni sani…

Navbatdagilar kiradi. Ikkita devday yigit 90 ga kirgan, ko‘zi ëshlanib oëg‘ida zo‘rg‘a turgan kampirni ikki yelkasidan ushlab olib kelishadi.

«Davay, onaxon, duo qiling hokimni».

– Iloya tutganing oltin bo‘lsin, bolam…

– Muddao.

– Karochche, biza bu tabarruk hoji onaning voyaga yetmagan nevaralarimiz. Otamiz Rossiyada¸ onamiz Turkiyada.Bizadan xavar oladigan hech kim yo‘q. Posobiya bering, oka.

Kompyuterda tekshirib ko‘rilganda «bolalar»ning ëshi 25 va 28 da ekani ma'lum bo‘ladi.

– Ishga joylasam bo‘ladimi g‘isht zavodiga?

– Oka, ish bizaga to‘g‘ri kemiydi. Shu posobiya beraqoling.

– Yo‘q.

Devlar kampirga signal berishadi. «Davay, babushka. Ataka».

Kampir birdan tirilib, blogerni karate qilib tepadi. «Iyayayaaa!» -«Portalga ëzamiz san jalapni ustidan» Kadrda soat strelkasi aylanayapti. Ish grafigi rejasida o‘tiizinchi arzgo‘y nomi ëniga ishorat ko‘rinadi.

– Kredit bering.

Kompyuterda tekshirib ko‘rilsa, bu odamning nuqul kredit olib to‘lamay, odamlarni kafil qilib kidat qiladigan firibgar ekani ayon bo‘ladi.

– Berilmaydi!

– Kredit ber, ipplos .

– O‘zing ipplos, tvar.

– He onangni seni hokim. Men to‘lagan nalogni yeb semirib ketdingmi? Kadrda bloger arzgo‘yni ëqasidan olib yerga ëtqizib tepkilaydi. Kimdir buni videoga olyapti. Saytlarda bosilgan maqola sarlavhalari: “Hokim arzgo‘yni do‘pposladi!”

– Eh, bloger, qo‘limga tushsang o‘ldiraman!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 october 2021
22 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan bo‘lib o‘tgan ...
27 may 2016
Joriy haftada Asakadagi mashina zavodida yana 50 kishi so‘roqqa tortilib¸ shaharni tark etmaslik borasida imzo chektirildi. Bundan oldin o‘nlab ...
25 september 2020
Mana, azizlarim, hafta aylanib diydor ko‘rishdik. Hafta ichida internetning o‘zbek segmenti nafrat bilan to‘la bo‘ldi.  Avvaliga koreyalik erjonlarga posilka ...
20 november 2017
18 noyabr kuni Chechenistonning kremlparast rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram sahifasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning kuyovi Oybek Tursunov bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...