Asosiy mavzular
1 march 2021

Xidirnazar Allaqulov: Menga ruhiy ta'sir o‘tkazish uchun qizimni qiynashdi

Kuch tizimlari xodimlari tomonidan uyidan Andijon viloyatiga olib ketilib tergov qilingan yangi partiya tashabbuskori Xidirnazar Allaqulov 1 mart kuni voqeaning so‘nggi tafsilotlari yuzasidan «Eltuz»ga intervyu berdi.

 “Hozir kenja qizim bilan uchrashgani shifoxonaga ketyapman. 26 fevral kuni, men uy eshiklarini berkitib bayonot bilan chiqayotgan paytimda uni kuchishlatar tizim xodimlari pod'ezdda urib qiynashgan. Ularning maqsadi – men qizimning dodlagan tovushiga chiday olmay, bayonotni to‘xtatib tashqariga chiqishim kerak edi”, deydi Xidirnazar Allaqulov.

Voqeaning ilgari jamoatchilikka ochiqlanmagan ayni tafsilotlariga ko‘ra, uning qizi 41 yoshli E'tibor Allaqulova uni pod'ezdda qiynagan to‘rtta xodimdan birini tanigani, uni bir kun oldin 25 fevral kuni dadasi oldidan kelgan odamlar orasida ko‘rganini bildirgan.

Xidirnazar Allaqulov “Eltuz”ga, shuningdek, o‘sha kuni nabirasi Shahrizoda tasvirga olgan videoda bir kun o‘tib uyi pod'ezdida uning qizini qiynab azob bergan shaxsning ham surati saqlanganini bildirdi.

«Qizimning barmog‘ini pod'ezddagi deraza romiga qisib qattiq ezib qiynashgani tibbiyot xodimlari tomonidan tasdiqlandi. Hozir uning bosh qismidagi jarohatlarni tekshirtirish uchun MRT bo‘limiga ketyapmiz», dedi 1 mart kuni, dastlabki suhbatdan sal vaqt o‘tib Xidirnazar Allaqulov «Eltuz»ga.

26 fevral kuni yangi tuzilajak «Haqiqat va taraqqiyot» sotsial- demokratik partiyasi tashabbuskori, iqtisod fanlari doktori Xidirnazar Allaqulovning uyi 30 dan ziyod Milliy gvardiyaning 30dan ziyod xodimi tomonidan o‘rab olingan, ko‘p etmay u hibs etilib, Andijon viloyatiga olib ketilgan edi.

Xidirnazar Allaqulovning «Eltuz»ga bildirishicha, kuchishlatar tizim xodimlari uning qo‘llarini qayirib, oyog‘idan sudrab mashinaga tiqishgan. Ularning biri ko‘krak qafasiga yotib olib qattiq ezgan.

“Nafas yetmay o‘lib qolishimga sal qoldi. Shunda qo‘llarim musht bo‘lib tugildi.  Ularni urib yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiydim. Mashinadan tushganimizda ular bunday bo‘lganini tan olishmadi. Shunda ko‘krak cho‘ntagimdan ezilib ketgan ko‘zoynagimni olib ko‘rsatdim”, deydi Allaqulov “Eltuz”ga bergan intervyusida.

Shu kuni Allaqulovning talabiga ko‘ra, u Andijon shahri sud tibbiyot ekspertizasi bo‘limiga olib borilib, olgan jarohatlari ekspertizadan o‘tkazilgan.

28 fevral kuni esa Xidirnazar Allaqulov Buloqboshi tumani IIB tergov bo‘limida Jinoyat kodeksining 141-moddasi prim 1-qismi (shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish)ga oid ish yuzasidan guvoh sifatida tergov qilingan.

Elruz.com

Tag‘in o‘qing
4 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Namangan, Xorazm, Buxoro, Toshkent va ...
19 september 2025
Amerikaning ikki shovvoz vatandoshi Tomas Gaskel Allen (Thomas Gaskell Allen) va uning do‘sti Uilyam Luis Saxtleben (William Lewis Sachtleben) ...
3 december 2018
O‘zbekistonda internet tezligi 1 dekabrdan boshlab o‘n barobar oshilishi haqida va'da berilgan edi. 30 noyabr kuni «O‘zbektelekom» AK xalqaro ...
4 june 2016
Mashxur o‘zbek xonandasi, Rossiyaning «Golos» shou yulduzi Nargiz Zokirova (44) 2 iyun kuni o‘zining italiyalik eri Filipp Baltsano bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...